Daryo

O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi

Eng baland sanalgan O‘zbekiston bosh archasi bu gal boshqa joyga o‘rnatildi

1 daqiqa o‘qish117 418 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng baland sanalgan O‘zbekiston bosh archasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2021-yilgi Yangi yil tantanalari bu gal Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

“Bayram tadbirlariga juda puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yetti yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mehmonlar kayfiyatini ko‘tarish uchun har xil ko‘ngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari tashkil qilinadi.

Bog‘da, shuningdek, muz maydoni ham tashkil qilinadi. Unda xavfsizlik ta’minlanadi — kattalar ham, bolalar ham bemalol uchib, xursand bo‘lib ketishi mumkin. Kattalar uchun mini avtobuslar ham bor, bemalol aylanib ketishlari mumkin”, — deydi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ma’muriyati vakili Ilmira Sagdiyeva.

Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 31-avgust kuni ochilgan. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi ham shu bog‘da o‘tkazilgandi. Biroq bog‘ga olib boruvchi yo‘lda transport harakati 3 kunga — 31-avgustdan 2-sentabrgacha cheklangani sababli uni yaqindan ko‘rishning imkoni bo‘lmagandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar