• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaponiya bosh vaziri rasmiy qarorgohiga ko‘chib o‘tdi. 10 yildan buyon bo‘sh turgan ushbu bino haqida turli mish-mishlar yuradi

    Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tokio markazidagi hukumat binolari majmuasida joylashgan rasmiy qarorgohiga ko‘chishni yakunladi. Bu haqda bosh vazir kanselyariyasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Uzoq vaqtdan beri birinchi marta ko‘chishdan keyin o‘zimni tetik his qilyapman. Hukumat ishlariga e’tibor qaratish zarurligini hisobga olib, shunday qilish to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘yladim”, — dedi Kisida.

    U bilan birga to‘ng‘ich o‘g‘li, bosh vazir kotibi bo‘lib ishlayotgan Syotaro ham qarorgohda yashaydi. Turmush o‘rtog‘ining ko‘chib o‘tishi haqida Kisida aniq javob bermadi va rafiqasi tez-tez Tokiodan ona shahriga borib turishini aytdi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, u oilasi bilan aynan qancha vaqt o‘tkaza olishini bilmaydi.

    Oktabr oyida bosh vazir etib tayinlanganidan beri Kisida Akasaka tumanidagi kanselyariyadan mashinada uch daqiqalik masofada joylashgan parlament yotoqxonasida yashashni davom ettirayotgandi. Turar joy, o‘z navbatida, bosh ofisga ulashgan bo‘lib, bu har qanday favqulodda vaziyatda, masalan, tabiiy ofatda amaldor uchun o‘z vazifasiga imkon qadar tezroq kirishish imkonini beradi.

    Tokio markazidagi rasmiy qarorgohdan foydalangan so‘nggi bosh vazir Yosixiko Noda bo‘lgan. U 2011-yilning oktabr oyida qarorgohga ko‘chib o‘tgan. 2012-yilda uning o‘rnini egallagan Sindzo Abe esa qarorgohga ko‘chmasdan Tomigaya tumanidagi uyida rafiqasi va onasi bilan yashagan. Abe bu qarori uchun tez-tez tanqid ostiga olingan, chunki KXDR ballistik raketa uchirgandan keyin uning bosh hukumat idorasiga yetib borishi har doim ma’lum vaqt olardi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, bosh vazirni ish joyiga 15 daqiqa ichida, xususan mototsiklda yetkazish uchun hatto maxsus usul ishlab chiqilgandi.

    “Xosiyatsiz” qarorgoh haqida

    Yaponiya bosh vazirining rasmiy qarorgohi hozirgi ko‘rinishida 1929-yilda qurilgan. Binoning umumiy maydoni 7 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, to‘rt qavatdan iborat, ulardan biri yer ostida joylashgan, bino arxitekturasida ar-deko va ekspressionizm uslublaridan foydalanilgan. 2003-yilda u qayta ta’mirlangan. Ichkarida xorijlik davlat rahbarlari va boshqa rasmiy shaxslar uchun yashash xonalari, ish xonasi, ovqatlanish xonasi va qabulxonalar mavjud.

    Mazkur turar joy binosi haqida ko‘plab mish-mishlar va afsonalar yuradi. Ulardan ba’zilari arvohlar bilan bog‘liq. 1994-yilda bosh vazir bo‘lgan Sutomu Xataning rafiqasi o‘z kitobida uyda g‘alati muhit va sovuqlik his qilganini, shuningdek, hovuz yonida oq sharpa ko‘rganini yozgan. Yosiro Mori (2000—2001-yilda bosh vazir bo‘lgan), o‘z navbatida, tunda eshik tutqichlarining shiqirlashi haqida gapirgan. Undan keyingi bosh vazir Dzyunitiro Koidzumi Mori qarorgohdagi arvohlardan ehtiyot bo‘lishni maslahat bergan.

    O‘zga dunyo kuchlari haqidagi mish-mishlarga qo‘shimcha ravishda, yaponiyalik siyosatchilar orasida rasmiy qarorgohga ko‘chib o‘tish muddatidan oldin iste’foga chiqishga sabab bo‘lishi haqida qarashlar mavjud. Tarixga nazar tashlansa, bu uyda yashaganlar nisbatan qisqa muddat – ikki yilga yaqin lavozimda qolgan. Yasuxiro Nakasone (1982—1987-yillar) va Dzyunitiro Koidzumi (2001—2006) bundan mustasno. Shu bilan birga, Koidzumidan keyin qarorgohda yashagan olti nafar bosh vazirlar, shu jumladan, Sindzo Abe (birinchi muddat — 2006-yildan 2007-yilgacha) bu lavozimni atigi bir yil egallab turgan.

    2012-yilda qaytadan saylangan bosh vazir Abe ikkinchi bor qarorgohga ko‘chmagan, shaxsiy uyida yashashni tanlagan. Oxir-oqibat u hukumat tepasida uzluksiz qolish bo‘yicha rekord o‘rnatgan — 2800 kundan ortiq.

    12.12.2021, 23:46   Izoh (0)   28138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boris Jonsonning reytingi o‘tgan yilgi Rojdestvo ziyofati tufayli rekord darajada tushib ketdi. O‘sha paytda qat’iy lokdaun tufayli oddiy fuqarolarga hatto yaqinla...

    12.12.2021, 22:17

    “Bu haqda gapirish yoqimsiz”. Putin 90-yillarda haydovchilik qilganini aytdi

    12.12.2021, 21:48

    Yamandagi harbiy operatsiyalarda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi

    12.12.2021, 19:45

    Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiyaga tahdid deb atadi

    12.12.2021, 16:11

    Hindiston bosh vazirining Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzildi. Unda bitkoin qonuniylashtirilgani haqida tvit paydo bo‘ldi

    12.12.2021, 15:41

    Turkiya va Slovakiyada “omikron” shtammi bilan kasallanishning ilk holatlari qayd etildi

    12.12.2021, 13:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.