• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yangi muammolarni hal qilish uchun bizga shu hujjat kerak edi”. Komilov va Safoyev — o‘zbek-qozoq ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya haqida

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayev taklifiga binoan 5—6-dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Nur-Sultonda bo‘ldi. Tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyularida mazkur deklaratsiya ahamiyati haqida fikr bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Bizga shunday hujjat kerak edi”

    Abdulaziz Komilovning ta’kidlashicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga ushbu tashrifi “juda samarali va sermahsul bo‘lgan”.

    “Muzokaralar natijasida 20 dan ortiq davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo hujjatlar imzolandi. Siyosiy nuqtai nazardan eng muhimi — ittifoqchilik aloqalar to‘g‘risidagi deklaratsiyadir. Ushbu juda muhim hujjatda kelajakdagi strategik hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Bu hujjat siyosiy hamkorlik, iqtisodiyot, investitsiyalar, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligimizga aloqador, bundan tashqari, ushbu hujjat hamkorligimizning juda muhim qismi — xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni ham davom ettiradi. Bunday sammitlar yildan-yilga doimiy ravishda o‘tkazilishi natijasida juda katta natijalarga ega bo‘lyapmiz”, — dedi Komilov.

    Tashqi ishlar vazirining izohlashicha, qabul qilingan deklaratsiya “o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lmagan”.

    “Nega deganda, hozirgi vaziyatda yangi-yangi masalalar, yangi muammolar yuzaga chiqyapti. Bularni birgalikda hal qilish uchun bizga shunday hujjat kerak edi. Bu hujjatni ustida ekspertlarimiz juda jiddiy ishladi. Deklaratsiyada ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish uchun uchta kengash tuziladi. Birinchisi — davlatlararo kengash, prezidentlar darajasida; ikkinchisi — parlamentlararo kengash; uchinchisi — tashqi ishlar vazirlari kengashi. Tashqi ishlar vazirliklariga yuqoridagi ikki kengash faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi ham yuklatilgan”, — dedi u.

    Abdulaziz Komilov.

    Abdulaziz Komilov.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlari orasida bunday deklaratsiya ilk bor imzolanganini ham alohida qayd etib o‘tdi.

    “Nima uchun Qozog‘iston bilan O‘zbekiston? Negaki, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘ziga yarasha juda katta salohiyatga ega. Bir-biriga juda yaqin. Ikkinchidan, xalqaro maydonda ham bu davlatlarning roli juda jiddiy. Ikkala davlatning salohiyatini, albatta, biz ishlatamiz va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Biz bu aloqalarni nafaqat o‘zimiz uchun rivojlantiramiz, balki biri-biriga qo‘shni besh davlatning umumiy manfaatlarini amalga oshirishda keng doirada hamkorlikni davom ettiramiz. Albatta, kun tartibida xavfsizlik masalalari ham mavjud bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qiladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “Afg‘onistondagi vaziyat — dolzarb muammo”.

    “Afg‘onistondagi vaziyatga nisbatan mana shu ikkita davlatning munosabat bir-biriga juda yaqin. Bundan tashqari, ikki davlat ko‘p yillar mobaynida shu yo‘nalishdagi hamkorlikni davom ettirib kelyapti. Prezidentimiz shuni yana bir bor ta’kidlab aytdilarki, Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy hal qilish, boshqa masalalar muhim, lekin ushbu mamlakatdagi hozirgi gumanitar ahvol — eng dolzarb masala va biz nafaqat o‘zimiz, balki xalqaro maydondagi boshqa tashkilotlar, boshqa davlatlarning ham e’tiborini mana shu masalaga jalb etishimiz kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Abdulaziz Komilov.

    “O‘zbekiston va Qozog‘iston Senatining navbatdagi uchrashuvi Orol dengiziga yaqin mintaqada bo‘ladi”

    Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston prezidentining ushbu lavozimga qayta saylanganidan keyingi dastlabki davlat tashrifini Qozog‘istonga amalga oshirganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor.

    “Chunki Qozog‘iston biz uchun har tomonlama eng muhim davlatlardan biri. Mana shu ittifoqchilik munosabatlari haqidagi hujjatda alohida ikki mamlakat parlamentlararo kengashini ta’sis etish haqidagi qarorga erishildi. Bilasizmi, parlamentlararo munosabatlar davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi ishonchning chuqurligini va ular mustahkamligini ko‘rsatadi. O‘ylaymanki, bejiz emaski, oxirgi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari o‘rtasida, parlament palatalari o‘rtasida muloqot doimiy va muntazam ko‘rinishga ega bo‘ldi. Biz bugun bir-birimizni xalqaro parlamentlararo tashkilotlar doirasida qo‘llab-quvvatlaymiz doim”, — dedi u.

    Sodiq Safoyev O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston va Orol dengiziga oid barcha tashabbuslari Qozog‘iston parlamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

    Sodiq Safoyev.

    Sodiq Safoyev.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    “O‘z navbatida, O‘zbekiston ham Qozog‘istonning vakillarini parlamentlararo hamkorlik tashkilotlarida yuqori lavozimlarga saylashda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Shuni aytish kerakki, ikki tomonlama komissiya o‘z faoliyatini bevosita xalqlarni bezovta qilayotgan muammolarni yechimiga yoki ular orzu qilayotgan umidlarni erishishga qaratmoqda. Masalan, aytaylik ikki mamlakatning Senati o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv Orol dengiziga yaqinroq mintaqada bo‘ladi va unda aynan shu hududlarda innovatsion rivojlantirish, u yerdagi ekologik muammolarni yechimiga qaratilgan dasturlarni birgalikda olib chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi”, — dedi Safoyev.

    “Yana bir bor qaytaraman, ittifoqchilik munosabatlari — bu uzoqni ko‘ra bilib qabul qilingan strategik qarordir. Ularning, albatta, huquqiy poydevorini yaratish kerak. Shu poydevorni yaratish, so‘ng ikki tomonlama imzo chekilgan hujjatlarni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish — bu parlamentlarning vazifasi. O‘ylaymanki, endi navbat parlamentlarga. Shu ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilishning ayni vaqti keldi va imkoniyatlar yaratildi”, — deya qo‘shimcha qildi Senat raisi birinchi o‘rinbosari.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyada “qardosh xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish” maqsadi o‘z ifodasini topgan.

    09.12.2021, 08:34   Izoh (0)   869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Inson huquqlari kengashi rahbari Moskva metropolitenidagi o‘zbek va tojik tillaridagi belgilardan shahar meriga shikoyat qildi

    09.12.2021, 08:32

    Toshkent—Andijon yo‘nalishida dekabr oyida har hafta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    09.12.2021, 08:00

    Hayvonot bog‘idagi rassomlar, generalning qulagan vertolyoti, ochiq fazodagi astronom. 8-dekabr suratlari

    08.12.2021, 23:54

    “Qo‘l panjalari bilagidan uzilib tushgan 36 yoshli ayol hayoti saqlab qolindi”. Vazir o‘rinbosari Denovdagi portlashdan jabrlanganlar haqida ma’lumot berdi

    08.12.2021, 22:09

    Denovdagi portlashdan zararlangan savdo do‘konida bir kun oldin qancha mol-mulk borligi hisob-kitob qilingani ma’lum bo‘ldi

    08.12.2021, 21:55

    Xorazmda poyezd urib ketishi oqibatida fuqaro vafot etdi

    08.12.2021, 20:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.