• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Denovdagi portlashdan zararlangan savdo do‘konida bir kun oldin qancha mol-mulk borligi hisob-kitob qilingani ma’lum bo‘ldi

    Surxondaryo viloyatining Denov tumanida portlashdan zararlangan savdo majmuasi — “Indenim”da qancha miqdorda mol-mulk borligi hisob-kitob qilingani aytildi. Bu haqda Denov shahrida viloyat hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokidagi matbuot brifingida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Matbuot brifingida so‘z olgan viloyat rahbari To‘ra Bobolov portlashdan zararlangan savdo majmuasida qancha mol-mulk borligi bir kun oldingi hisob-kitob qilinganini bildirdi.

    “ ‘Indenim’ savdo majmuasida ‘Indenim’ savdo do‘konining o‘zi va 12 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan. Ayni kunda olib borilayotgan tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorlar savdo majmuasida bir kun oldin kameral tekshiruv o‘tkazib, savdo uyida qancha mol-mulk bo‘lganini aniqlagan. Bu haqda ular ayni kunda o‘tkazilayotgan tergov jarayonlarida ma’lum qilgan”, — dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov.

    To‘ra Bobolov “Daryo” muxbirining mazkur ma’lumotdan kelib chiqib berilgan qo‘shimcha savoli — savdo majmuasining bir kun oldingi hisob-kitobiga ko‘ra qancha mol-mulk bo‘lgani to‘g‘risidagi savolga aniqlik kiritmagan. Biroq bu haqda tergov yakunida ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.

    Mavzuga doir: Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi

    Matbuot brifingida so‘z olgan Bosh prokuratura vakili Doniyor Masaliyev portlash yuzasidan o‘sha kuni Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan. Ammo aynan Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga aniqlik kiritmagan.

    “Sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘sha kuni Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor tergov guruhi tuzildi. Shuningdek, 10 dan ortiq ekspertizalar tayinlanib, ularni respublikadan kelgan eng malakali mutaxassislar o‘tkazmoqda”, — deydi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev.

    Doniyor Masaliyev voqea joyida portlatuvchi modda qo‘llanilganini, shuningdek yong‘in neft mahsulotlari yordamida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotini rad etishini bildirgan.

    “Mutaxassislarning dastlabki ma’lumoti savdo majmuasidagi portlash biror bir portlatuvchi modda yoki neft mahsuloti yordamida yuzaga kelganini inkor etmoqda. Dastlabki taxminlarimiz va mutaxassislarning o‘rganishlari binodagi portlab mavjud gaz quvurlarida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasining qo‘shilgan holatda chaqnash yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda. Ammo bu yakuniy xulosa emas. O‘rganish ishlari davom etmoqda”, — deydi Bosh prokuratura mas’uli.

    Doniyor Masaliyev o‘rganish natijalari yakuni bo‘yicha OAV vakillariga qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan mahalliy aholi vakillari portlash sodir bo‘lishidan ikki kun avval savdo majmuasiga odamlar kiritilmaganini, savdo uyida savdo-sotiq amalga oshirilmaganini bildirgan. Shuningdek, portlash sodir bo‘lgan mahallada yashovchi 71 yoshli Juma bobo Norov ham portlash uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi “Indenim” savdo majmuasida 7-dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarovning ta’kidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi.

    Mavzuga doir:

    • “Gaz hidi chiqsa, sezardik”. Denovdagi kuchli portlash jabrlanuvchilari bilan suhbat
    • Denovdagi portlashning ayanchli oqibatlari (foto va video)

    08.12.2021, 21:55   Izoh (0)   135772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda poyezd urib ketishi oqibatida fuqaro vafot etdi

    08.12.2021, 20:54

    O‘zbekistonda bolalarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar uchun jazo kuchaytirildi

    08.12.2021, 20:12

    Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi

    08.12.2021, 19:32

    Andijonda Qirg‘izistondan olib kirilgan BMW X5 bo‘laklarga bo‘lib sotib yuborildi

    08.12.2021, 19:11

    O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi

    08.12.2021, 18:52

    Toshkentdagi “Aviasozlar” bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi (video)

    08.12.2021, 17:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.