Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

FIFA “Nasaf” jamoasiga taqiq qo‘ydi. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Diakite Abdelaye va Marko Stanoyevich

Diakite Abdelaye va Marko Stanoyevich
Foto: “Nasaf”

2021-yilning 7-oktabrida FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” klubi va fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargandi. Unga ko‘ra, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda tashkilot belgilangan qarzdorlik va jarima to‘lovlarini 45 kun mobaynida to‘lash majburiyatini “Nasaf” klubi zimmasiga yuklagan edi. Agar Qarshi jamoasi ushbu majburiyat o‘z vaqtida bajarilmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi haqida ogohlantirilgan.

2021-yil 9-dekabrda “Nasaf”ga berilgan muddat o‘z yakuniga yetdi va jamoaga transfer taqiqi qo‘yildi. Endi klub qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilishi uchun mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo‘ladi.

2020-yil fevral oyida qarshiliklar matbuot xizmati Diakitening jamoa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashayotgani haqida ma’lumot bergandi. Fransuz “Nasaf” jamoasi tarkibida birorta o‘yinda maydonga tushmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi