Kanadaning Manitoba ko‘lida noyob tabiat hodisasi ro‘y berdi, ko‘l yuzasini muzli sharchalar qoplab oldi, deb yozmoqda CBC.
Odatda tekis bo‘lib muzlaydigan yuzaga endi xuddi shag‘al va toshlar to‘kilganga o‘xshab qolgan.Glasiolog Jeff Kavanoning tushuntirishicha, shamol muzlayotgan suvni “surib”, yirik tomchilarni yumalatib ketishi natijasida shunday shakl hosil bo‘lgan. Mazkur hodisa havo haroratining tez pasayishi, yuzasi ochiq suv va ma’lum bir tezlikdagi shamol kombinatsiyasi ta’sirida ro‘y beradi.
Izoh (0)