• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Albatroslar — juda vafodor qush. Ammo global isish sabab, aftidan, ular orasida ajrashishlar ko‘paygan

    Okeandagi suv harorati ko‘tarilgani sayin, albatros juftliklari orasida ajrashishlar soni oshib bormoqda. Ushbu ikki hodisa o‘rtasidagi bog‘liqlikni Atlantika okeani janubidagi Folklend orollarida uyalaydigan qoraqosh albatroslar to‘dasini 15 yil davomida kuzatib borgan Portugaliya, AQSh va Buyuk Britaniya olimlari guruhi payqadi. Kuzatuv natijalari 24-noyabr kuni London Qirollik jamiyatining ilmiy jurnallaridan birida e’lon qilindi. Maqolaning qisqacha bayoni Amerikaning Science News nashri va Britaniyaning The Guardian gazetasi tomonidan taqdim etildi.

    Folklend orollaridagi qoraqosh albatroslar juftligi.

    Folklend orollaridagi qoraqosh albatroslar juftligi.
    Foto: Danita Delimont / Shutterstock / Meduza
    “Bizning bilishimizcha, tarixda ilk bor atrof-muhitdagi og‘ir sharoitning monogam populyatsiyalar ko‘payishiga salbiy ta’siri ilk bor hujjatlashtirilmoqda”, — deya maqoladan iqtibos keltiradi Meduza.

    Qushlarning 90 foizga yaqin turi monogam hisoblanadi, albatroslarning juftliklari esa qushlar orasida eng vafodorlaridan biri. Nar va moda albatroslar nikoh raqsi davomida bir-birini tanlaydi va bu tanlovga umrining oxiriga qadar sodiq qoladi. Bu qushlar aksariyat vaqtini dengizda o‘tkazadi, ammo uyalash makoniga muntazam qaytadi va har safar bitta hamkori (umr yo‘ldoshi) bilan polapon ochadi. Unumli yillarda qoraqosh albatroslarning juftliklari o‘rtasidagi ajrashishlar 4 foizga ham yetmaydi va ayrilishga ko‘pincha urchishdagi muvaffaqiyatsizliklar (yo moda qushning tuxum qo‘ya olmasligi, yoki polapon o‘lib qolishi) sabab bo‘ladi.

    Ma’lumot uchun: Albatroslar bir yilda bir yoki ikki, bo‘lmasa yilda bor-yo‘g‘i bitta tuxum qo‘yish yo‘li bilan ko‘payadi. Nar va moda qush tuxumni taxminan 70 kun davomida galma-gal bosadi.

     

    Olimlar 2004—2019-yillar davomida Folklend orollaridagi albatroslar koloniyasini tadqiq etgan. Ular 424 ta moda qushning xatti-harakatini kuzatgan, ularning juftliklari qanday qilib ajralib ketganini belgilab, ushbu juftliklardan birortasi avval avlod qoldira olganmidi-yo‘qmi, hisoblab borgan. Tadqiqotchilar “ajrashishlar”ning eng asosiy sababchisi polapon ochishdagi omadsizlik bo‘lib qolmoqda, degan xulosaga kelgan — bunday hollarda qushlar ko‘pincha o‘z hamkorini o‘zgartirishga qaror qilgan. Ammo okeandagi suv haroratining ko‘tarilishi bilan “ajrashishlar” soni ham oshgan. Okeandagi suv harorati butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori darajaga chiqqan 2017-yili albatroslar orasidagi “ajrashish indeksi” 7,7 foizgacha o‘sgan.

    Tadqiqotchilarning fikricha, buning ikkita izohi bo‘lishi mumkin. Birinchisi — suv harorati ko‘tarilishi bilan albatroslarning ovqat topishi qiyinlashmoqda va koloniyaga uyalash davrining boshida qaytishga ulgurmayapti, bu vaqtda esa ularning doimiy hamkori boshqa bir qushni tanlab ketyapti. Ikkinchisi — atrof-muhitdagi shart-sharoit yomonlasha borgani sayin moda albatroslarda stress gormoni oshib ketyapti, ammo ular atrofdagi yomon sharoitni “yomon hamkor” bilan adashtiryapti, shu sabab nar sherigini almashtirmoqda (olimlar bu holatga “hamkorini soxta ayblash nazariyasi” deb nom bergan).

    Umuman olganda, haroratning ko‘tarilishi va “ajrashishlar” darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik sezilarli bo‘lsa-da, unchalik ham kuchli emas — ajrashishlar darajasi harorat o‘zgarishsiz qolgan yillarda ham sezilarli farq qilib turgan.

    Albatros va uning polaponi.

    Albatros va uning polaponi.
    Foto: Danita Delimont / Shutterstock / Meduza

    Baliq ovlayotgan albatros.

    Baliq ovlayotgan albatros.
    Foto: Wildestanimal / Shutterstock / Meduza
    Avvalgi juftidan ayrilgach, albatroslar o‘ziga yangi hamkor topish uchun butun boshli ko‘ngil ovlash davrini boshidan boshlashi kerak. Bu anchayin uzoq davom etadigan jarayon va bunda yolg‘iz qushlar ma’lum muddat avlod qoldirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi ham mumkin. Olimlarning fikricha, ular tomonidan aniqlangan voqelik albatroslarning shundoq ham kamayib borayotgan jahon populyatsiyasining qisqarishini yanada tezlashtirishi mumkin. Global isishdan tashqari, bu qushlar hayotiga okean suvining plastik bilan ifloslanishi, ularni tasodifan o‘ldirib qo‘yadigan baliqchilik kemalari va hatto ularning inlarini buzib, vayron qilib ketadigan sichqonlar ham xavf solmoqda.
    28.11.2021, 17:47   Izoh (0)   22046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchilari jazolanishini bildirdi

    28.11.2021, 16:50

    “Tolibon” 2022-yilda qizlar uchun maktablar ochishni rejalashtirmoqda

    28.11.2021, 16:19

    La Mansh orqali Fransiyadan Britaniyaga suzib o‘tmoqchi bo‘lgan 27 nafar muhojirning o‘limi ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik bahsni avj oldirdi

    28.11.2021, 12:50

    Britaniyaga Arven bo‘roni yopirilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    28.11.2021, 10:56

    National Geographic muqovasidagi “Afg‘on qizi” Italiyadan boshpana oldi

    27.11.2021, 13:15

    Putin, Pashinyan va Aliyev Sochida uch soatli uchrashuv o‘tkazdi. Ular Armaniston va Ozarbayjon chegaralarini delimitatsiya qilish bo‘yicha komissiya tuzishga keli...

    27.11.2021, 12:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya Ikkinchi jahon urushidan keyin ilk bor harbiy kema eksport qilmoqda — xaridor Avstraliya

    Dunyo | 6 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 16:24

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.