Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonda aviayuklarni tashishni elektron rasmiylashtirish platformasi — e-Freight xalqaro standarti joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik tomonidan Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati ishtirokida e-Freight yuk tashuvlarini elektron rasmiylashtirish axborot platformasini joriy etish va elektron hujjatlardan foydalangan holda “yagona darcha” rejimida nazorat-tekshiruv funksiyalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonga har kuni yuzlab tonna turli xil yuklar yetkazib beriladi. Yuklar bilan birga tonnalab hujjatlar ham kelib tushadi. Bir tovar uchun o‘rtacha 20 ga yaqin turli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi. Elektron hujjat aylanmasiga o‘tish nafaqat millionlab daraxtlarni saqlab qolish, balki tovarlarni yetkazib berish jarayonini soddalashtirish va tartib-taomillarni imkon qadar shaffof qilish imkonini beradi.

“e-Freight — bu IATA tomonidan tavsiya etilgan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qabul qilingan xalqaro standart. Mazkur platformaning O‘zbekistonda joriy etilishi xorijiy logistika kompaniyalari va aviatashuvchilar uchun aeroportlarimiz raqobatbardoshligi va jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi”, — deydi Uzbekistan Airports boshqaruvi raisi Rano Jo‘rayeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari orqali 2021-yil yanvar—sentabr oylarida 4 ming tonna yuk tashilgan. Yuk hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi