26-noyabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Nyu-Yorkda Shukrona kuni munosabati bilan an‘anaviy Gigant puflama o‘yinchoqlar paradi bo‘lib o‘tdi. Shahar aholisi va sayyohlar kortejni tomosha qilish uchun markaziy ko‘cha bo‘ylab to‘planishdi.
Foto: Getty Images
Avstriyada barcha ommaviy va madaniy tadbirlar bekor qilindi, umumiy ovqatlanish va madaniy muassasalar, shuningdek, oziq-ovqat do‘konlari va zaruriy tovarlardan tashqari aksariyat chakana savdo nuqtalari yopildi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: Afrikada paydo bo‘lgan yanada xavfli shtamm Xitoyga “keldi”. Slovakiyada 14 kunlik lokdaun joriy qilindi. Koronaxabarlar
Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi yaqinida konkida uchish maydonchasi ochildi.
Foto: “TASS”
Karakasda Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan marsh bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA
Mavzuga doir: O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar kampaniyasi e’lon qilindi
Mavzuga doir: O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar kampaniyasi e’lon qilindi
Haykaltarosh Domeniko Sepe tomonidan ishlangan Diyego Armando Maradonaga bag‘ishlangan haykal futbolchining vafotidan bir yil o‘tib Neapol shahrida namoyish etildi.
Foto: Shutterstock
Mavzuga doir: Maradona yuraksiz dafn etilgani aytildi. Uning yuragi odatdagidan 200 grammga og‘ir bo‘lgan
“Boyqo‘ng‘ir” kosmodromida “Prichal” modulli “Soyuz-2.1b” raketasi Xalqaro kosmik stansiyaga uchirildi.
Foto: “Roskosmos”
Bangkokda har yili bo‘lib o‘tadigan Pet Expo ko‘rgazmasida shaffof ryukzakda ketayotgan ko‘ylak kiygan mushuk.
Foto: AFP
Extinction Rebellion faollari Tilberidagi Amazon to‘lovlari markaziga kirishni to‘sib qo‘yishdi.
Foto: Reuters
Fransiyalik baliqchilar Britaniya rasmiylarining baliq ovlash litsenziyalarini berishdan bosh tortganiga norozilik sifatida Sen-Malo porti va La-Mansh tunnelini to‘sib qo‘yish niyatida ekanligini ma‘lum qildi.
Foto: “TASS”
Fort-De-Frans (Martinika) shahridagi COVID-19 cheklovlariga qarshi uyushtirilgan tartibsizliklardan so‘ng yoqib yuborilgan mashina yonidan o‘tayotgan qiz.
Foto: Reuters
Hindistonning Pokora Chouk fermerlari norozilik namoyishlarining bir yilligini nishonlash uchun yig‘ilishdi.
Foto: Reuters
Mexiko shahrida inson huquqlari va feministik tashkilotlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Foto: EPA
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Maradona xotirasiga hurmat, Nyu-Yorkda shukronalik paradi, ilon bilan do‘stlashgan qiz. 25-noyabr suratlari
- Shahar markaziga o‘rnatilgan archa, vaksina flakonlari bilan bezatilgan xona, Yerni asteroidlardan himoya qiluvchi texnologiya. 24-noyabr suratlari
- Mirziyoyevdan choyxona so‘ragan otaxon, Quddusdan topilgan 2 ming yillik tanga, Qohiradagi avtomobillar chiqindixonasi. 23-noyabr suratlari
- Oq ayiqlar jangi, Xitoyda kuzatilayotgan xavfli darajadagi sovuq, futbol ko‘rayotgan qizlar. 22-noyabr suratlari
- Otaturkning po‘lat haykali, 30 dollarga sotilgan san’at asari, lyuks xonada dam olayotgan kurkalar. 19-noyabr suratlari
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazayotgan falastinliklar, dadasi bilan qor o‘ynayotgan qizcha, Sfinks bilan suratga tushgan shahzoda va malika. Hafta suratlari