Hurmatli iste’molchilar! Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6/1 bandidaO‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’i nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar” bo‘lishlari belgilangan.

Bunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan xarid qilingan mobil qurilmalar IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlarni amalga oshirish xarid qiluvchi shaxsning (iste’molchining) emas, mobil qurilmani respublika hududida sotish uchun olib kirgan tadbirkorlik subyektining (import qiluvchining) majburiyatiga kirishini eslatib o‘tamiz.

Mobil qurilmalarni xarid qilishdan avval hushyorlik bilan ushbu qurilmaning IMEI kodlari o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tekshirishni unutmang.

Mobil qurilmani xarid qilish vaqtida uning IMEI kodlari ro‘yxatdan o‘tkazilganligini UzIMEI.uz veb-sayti yoki 1170 qisqa raqamiga SMS/USSD so‘rov yuborish orqali tekshirish mumkin. Har bir kelib tushgan so‘rovlarga tizim orqali IMEI kodning holatiga ko‘ra, bir necha ko‘rinishda javob berilishi mumkin:

1. Agar mobil qurilma import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘laqonli qonuniy ravishda olib kirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, quyidagi ko‘rinishda javob beriladi:

Mobil qurilmani faqat shunday javob olganingizda sotib olishni tavsiya qilamiz.

2. Agar mobil qurilma jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari yordamida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, quyidagi ko‘rinishda javob beriladi:

Reklama huquqi asosida.