Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) 20-noyabr tongida AQShda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Manchesterda (Nyu-Gempshir shtati) bo‘lib o‘tgan jangda Murodjon Ahmadaliyevga chililik Xose Velaskesga qarshi raqiblik qildi. To‘liq raund davom etgan bahsda Murodjon ochkolar hisobida (119-109) g‘alaba qozonib, o‘z kamarlarini himoya qildi. Dastlabki 6 raund davomida Ahmadaliyev ustunlikka erishgan bo‘lsa, 7-raundga kelib, Velaskes ham faollik ko‘rsatdi va bir qator zarbalar yo‘lladi. Oxirgi raundlarda har ikkala jangchi ham ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. Biroq Murodjon Velaskesga nisbatan faolroq harakat qilib, g‘alabani rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev 2021-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan jangida yaponiyalik Ryosuke Ivasani beshinchi raundda nokautga uchratib, o‘z kamarlarini himoya qilgandi.

Bungacha 26 yoshli bokschi 2020-yilning yanvarida Daniel Romanni mag‘lub etib, bir yo‘la ikkita chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukrainaning uchta elchixonasiga tahdidli xatlar yuborilgan — Ukraina tashqi ishlar vaziri
Mahalliy
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni barcha hududlarda koronavirus qayd etildi
Dunyo
Fidel Kastroning yashirin hayoti, o‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon va “kokain baroni” Eskobarning o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 2-dekabr