• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda vaksina olmagan xodimlarni ishdan chetlashtirish tartibi haqida ma’lumot berildi

    O‘zbekiston mehnat qonunchiligiga xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekaniga oid qo‘shimcha kiritilgandi. Mehnat vazirligi vaksina olmagan xodimlarni ishdan chetlashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vazirlikning bildirishicha, qonunchilik me’yorlarini to‘g‘ri, aniq va bir xil qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida tavsiyaviy xarakterdagi tushuntirish ishlab chiqildi.

    Unga ko‘ra, xodim karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lganda bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

    Ya’ni karantinli va odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda profilaktik emlashdan o‘tishni rad etish, Mehnat kodeksining 113-moddasi 3-qismiga asosan xodimni ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishga asos bo‘ladi.

    Ish beruvchi, karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi tahdidi munosabati bilan emlashdan o‘tish majburiyati yuzasidan kasaba uyushma bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlarga qo‘shimcha kiritishi lozim.

    Ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq chiqarishdan avval xodimdan emlashni rad etish bo‘yicha yozma ariza olinadi. Agar xodim yozma ariza berishdan bosh tortsa, xodimning emlanishni rad etganlik va bu bo‘yicha ariza berishdan bosh tortganligi yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Ishdan chetlashtirish bo‘yicha buyruq bilan xodim imzo qo‘ygan holda tanishtiriladi.

    Bosh sanitariya vrachining qaroriga asosan profilaktik emlashlar o‘tkaziladigan shartlar olib tashlanguncha, ammo bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan bitta profilaktik tadbir bo‘yicha jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

    Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.

    Xodim ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, mehnat intizomi to‘g‘risidagi nizom va ustavlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan ishdan chetlashtirishning maksimal muddati davomida, tibbiy qarshiliklar bo‘lmaganda emlashdan bosh tortgan xodimlarga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo qo‘llanilish choralari nazarda tutilishi mumkin.

    Xodimning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra profilaktik emlashdan o‘tishni rad etadigan qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lganda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq xodim masofaviy ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.

    Karantin va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi tahdidi munosabati bilan emlashdan o‘tishni tashkillashtirish ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

    Mazkur normalar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan lokal hujjatlarda belgilanadi.

    Ma’lumot uchun, 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mazkur normaga rioya qilinishi yuzasidan 27 923 ta (7 905 tasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 20 018 tasi budjet tashkilotlarida) tekshirishlar o‘tkazilgan.

    Tekshirishlar davomida jami 50 056 nafar (11 244 nafari xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 38 812 nafari budjet tashkilotlarida) vaksina olmagan shaxslar aniqlangan. Ularning 26 008 nafari ishdan vaqtinchalik chetlatilgan, 2 225 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta obyektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanilgan.

    Mavzuga doir: “Ish beruvchi emlashdan bosh tortgan xodimni ishdan haydamaydi, balki ishdan chetlatadi” – Ruslanbek Davletov

    19.11.2021, 20:10   Izoh (0)   22131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda omonatga qo‘yilgan 566 mln so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bank xodimiga jinoyat ishi ochildi

    19.11.2021, 19:09

    Toshkent 2025-yilda yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi

    19.11.2021, 18:55

    O‘zbekistonda endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

    19.11.2021, 18:08

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    19.11.2021, 17:07

    Qanot Sharq Toshkentdan Sochiga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

    19.11.2021, 16:22

    O‘zbekiston va Rossiya rubldagi hisob-kitoblarga o‘tishi mumkin

    19.11.2021, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.