Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangandagi davlat xizmatlari markazida ilk bor surdo tarjimonlik yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Viloyatning Mingbuloq tumanida yangi davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi. Mazkur markaz bir vaqtning o‘zida 20, bir kunda esa 500 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida ishga tushirilgan zamonaviy binodan kutish zali, FHDYo bo‘limi, investorlar xonasi, bolalar maydonchasi va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagi o‘rin olgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Shuningdek, bu yerda viloyatda ilk bor eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida surdo tarjimon xizmati ham yo‘lga qo‘yildi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

— Oldinlari bunday fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga qiynalar edik. Shu sabab surdo tarjimon bilan shartnoma tuzishga qaror qilindi. Endi DXMga kelgan fuqaroning murojaati planshet yoki qo‘l telefoni yordamida tasvirga olinib, onlayn tarzda tarjimonga havola etiladi va murojaatchining maqsad-muddaosi tezda anglab olinadi, — deydi DXA viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Foziljon Jo‘raboyev.

Jo‘raboyevning aytishicha, ushbu xizmat turi yaqin orada barcha shahar-tuman markazlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan viloyatida 5 ming nafarga yaqin kar-soqovlar istiqomat qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oziq-ovqat narxlari tez o‘smoqda: O‘zbekistonda noyabrda 1,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi
Mahalliy
O‘zbekistonda internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Dunyo
Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi