O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 12-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Toshkent–Andijon yo‘lidagi Dovonda joylashgan savdo shoxobchalari.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: Foto: Oltin tusga kirgan Toshkent bog‘lari
Mexiko shahri pandemiyadan so‘ng mahalliy biznesni rivojlantirish uchun eksportbop poinsettiya gulini yetishtirish hajmini oshiradi.
Foto: Getty Images
Ko‘cha yuzini xazonlardan tozalayotgan farrosh ayol. Mustaqillik ko‘chasi, Toshkent.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Tokioda figurali uchish bo‘yicha “NHK Trophy” Yaponiya Gran-prisi bo‘lib o‘tmoqda. Suratda: Kanada sportchilari Yevelina Uolsh va Trent Mishaudning chiqishi.
Foto: “TASS”
Qo‘shma Shtatlar, Hindiston va Braziliya aholisining 20 milliondan ortig‘i COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan davlatlar qatoridan joy oldi.
Foto: Getty Images
Senegalda dizayner Ndey Diop Guisse bilan ishlaydigan modellar an’anaviy Signar liboslarida tashlandiq port krani oldida suratga tushishdi.
Foto: AFP
Qozonda KXShTning “Buzilmas birodarlik – 2021” tinchlikparvar mashqlari bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: “TASS”
Aibo nomli robot-itlarining egalari Tokiodagi Kanda ibodatxonasida birgalikda ibodat qilishdi.
Foto: Getty Images
Gepardni saqlash jamg‘armasida gepard bolasining vazni o‘lchanmoqda. Har yili 300 ga yaqin gepard bolalari Somaliland orqali Yaqin Sharqdagi badavlat xaridorlarga yetkaziladi.
Foto: AFP
Londondagi Lloyd’s of London do‘koni xodimlari Xotira kuni munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqladi.
Foto: AFP
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- “Bavariya” formasini olgan Aripov, ochlik e’lon qilgan toshkentlik ota, start berilgan karnavallar mavsumi. 11-noyabr suratlari
- Fuqaroni jazolayotgan shariat politsiyasi, emlanmaganlarga qo‘yilgan cheklov, Quddusga kelgan qorbobo. 10-noyabr suratlari
- Qabrdan qazib olingan bosh suyaklar bayrami, daryoni qoplagan zaharli ko‘pik, qordan zavqlanayotgan panda. 9-noyabr suratlari
- Qor bilan qoplangan buyuk devor, bezorilik qilayotgan maymun, parchalangan samolyot. 8-noyabr suratlari
- Changdan tozalangan Amir Temur, bog‘chadagi afg‘on qizlari, poyezd yo‘lini to‘sgan ekologlar. 5-noyabr suratlari
- Tashkent City’ga qo‘ngan vertolyot, havosi ifloslangan poytaxt, emlanayotgan bolalar. 4-noyabr suratlari
- Iqlim faollari qo‘zg‘oloni, itlar ulug‘lanadigan kun, kul bosgan uy. Hafta suratlari