“Oltin”ga burkangan Dushanbe: Tojikiston poytaxtidan kuzgi fotoreportaj
Suratkash Abdullo G‘urbati Tojikiston poytaxtida kuz fasli qanchalar chiyoli kechayotgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Asia Plus.
“Dushanbeda hozirgi kunda yilning go‘zal vaqtda, shahar ajoyib ko‘rinish kasb etgan. U hozircha sariq va qizil ranglarga burkangan, ko‘chalarda quyosh porlamoqda, joriy yilning noyabri odatdagidan iliqroq kelishi aytilgan bo‘lsa-da, tez orada shaharga sovuq tushadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining suv va iqlim muammolari bo‘yicha oliy darajadagi uchrashuvida onlayn tarzda ishtirok etib, mamlakatdagi iqlim o‘zgarishi muammolarini sanab o‘tgandi.
Izoh (0)