5-noyabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Rossiyaning Krosnadar tog‘larida joylashgan Sukko sun’iy ko‘lidagi sayyohlar

Foto: “TASS”

Toshkent markazida joylashgan Amir Temur haykalidagi chang-g‘uborni yuvayotgan obodonlashtirish xodimlari. Poytaxt aholisi ikki kundan beri chang va qum aralashmasidan nafas olmoqda.

Foto: Andrey Kudryashov

Turkiyaning Van shahrida qorda ketayotgan kishi.

Foto: Getty Images

Chang bilan qoplangan shahar. Toshkent shahri Parkent ko‘chasidagi chorraha.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Muhojirlar karvoni Meksikaning Chiapas qirg‘oqlari bo‘ylab AQShga ketmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutida bo‘sh vaqtida eskiz chizib o‘tirgan talaba.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Zaranj shahridagi bog‘chada o‘tirgan afg‘onistonlik bolalar. “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan beri ayrim shaharlarda ayollar ishlashiga ruxsat berilmagan.

Foto: Getty Images

Chang-g‘ubor ostidagi “Bunyodkor” stadioni. “O‘zgidromet” axborot xizmati rahbariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday hodisa kuzatilmagan.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Mashhur britaniyalik tabiatshunos-teleboshlovchi, bir qancha hujjatli filmlar muallifi Ser Devid Attenboroning hayvonlar bilan o‘ralgan haqiqiy o‘lchamdagi tortiga yakuniy o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Tort Cake International ko‘rgazmasi paytida bir guruh qandolatchilar tomonidan yaratildi.

Foto: PA

Sergeli obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hordiq chiqarmoqda.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Neuar etnik jamiyati ayollari Nepaldabi milliy bayram – Sambatning 1142 yilligi sharafiga o‘tkazilgan madaniy mitingda ishtirok etmoqda.

Foto: Shutterstock

Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida quyuq chang-g‘ubor kuzatilmoqda. Avvalroq Respublikaning qator tumanlarida ko‘ruvchanlik 500–1000 metrgacha pasaygani haqida xabar berilgandi.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Kyoln yaqinidagi issiqlik elektr stansiyasiga ko‘mir yetkazib beruvchi poyezdlar yo‘lini to‘sib qo‘yish uchun temiryo‘llarga yotib olgan ekologik faollar.

Foto: Reuters

34 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan “Bunyodkor” stadioni chang-g‘uborga “burkangan”.

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

“Tolibon” jangarisi Hirotdagi “Katta masjid”ni qo‘riqlamoqda. “Tolibon” Afg‘oniston va uning poytaxti Kobul ustidan nazoratni 2001-yilda AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan hokimiyatdan ag‘darilganidan deyarli 20 yil o‘tib, avgust oyi o‘rtalarida qayta qo‘lga oldi.

Foto: Getty Images

Londondagi kuz ranglari bilan qoplangan bargli devor oldida odamlar rasmga tushmoqda.

Foto: Reuters

Bosniya va Gersogavinaning Ilidza shahri chekkasidagi suv bosgan ko‘chadan o‘tib ketayotgan kishi. Kuchli yomg‘ir Bosniyada suv toshqiniga sabab bo‘ldi, mamlakatning ayrim hududlarida yashovchi aholi evakuatsiya qilindi.

Foto: AP Photo

Neonteyhos shahri qoldiqlarida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan Ion jangchilari xotinlarining relyefli niqoblari restavratsiyadan so‘ng Izmir arxeologiya muzeyida namoyish etildi.

Foto: Getty Images

Frankfurtga ketayotgan va shahardan kelayotgan avtomobillarning ekspozitsiya uslubida olingan surati.

Foto: AP Photo

Amritsardagi Divali festivalining ertasiga nishonlangan Fatih Div bayramida sikx jang san’atining qadimiy shakli bo‘lgan gatkani ijro etayotgan jangchi.

Foto: AFP