Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Sardor Muhammad Dovud Xon nomli harbiy shifoxonaning kirish qismida noma’lum shaxs o‘zini portlatib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. IShID terrorchilik tashkiloti ushbu portlash bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

France-Press’ning ma’lum qilishicha, IShIDning besh nafar jangarisi bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirgan.

Avvalroq guvohlar terrorchilar guruhi Afg‘oniston poytaxtidagi gospitalga bostirib kirganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng u yerda portlashlar sodir bo‘lgan va toliblar bilan to‘qnashuv yuzaga kelgan. “Tolibon” vakili Zabihulla Mujohidning ma’lum qilishicha, hujumda ishtirok etgan IShIDning besh nafar jangarisi yo‘q qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tozalash operatsiyasiga vertolyotlar va “Tolibon” maxsus kuchlari jalb etilgan.

Mujohidning ta’kidlashicha, hujum oqibatida uch nafar ayol, bir nafar bola va harakatning uch a’zosi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohat olgan. Shu bilan birga, OAVlarda hujum oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor shahrida joylashgan shialar masjidida portlash sodir etilgandi. Hodisa qurbonlari soni 62 kishiga yetgan. Guvohlarning aytishicha, teraktni to‘rt nafar xudkush sodir etgan. Ulardan ikki nafari masjidning old tarafidagi darvoza yonida o‘zini portlatgan, yana ikkitasi binoga kirib, ichkarida o‘zini portlatgan.

Undan bir hafta oldin, 8-oktabr kuni mamlakat shimolidagi Qunduz shahrida yana bir shialar masjidida portlash yuz bergan. O‘shanda Frans-Press agentligi manbalarga tayanib, kamida 50 kishi qurbon bo‘lgani va 140 kishi yaralanganini xabar qildi. Aamaj News hodisaga oid videomateriallar, shuningdek, guvohlarning ko‘rsatmalariga tayanib, portlashda 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida yozgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi