Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kommunal xizmatlar AQSh shimoli-sharqiga yopirilgan bo‘ronli shamol oqibatida elektr ta’minotisiz qolgan yuz minglab uy va korxonalar faoliyatini qayta tiklash ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Massachusets shtati Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligining ma’lum qilishicha, 28-oktabr tongida qariyb 300 ming iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Rod-Aylendda ham yana bir necha ming elektr uzilishlari qayd etilgan.

Kommunal xizmatlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Massachusets shtatining janubi-sharqidagi ayrim tumanlarda elektr energiyasi ta’minotini to‘liq qayta tiklash uchun bir necha kun talab etilishi mumkin. Ushbu hududning ba’zi shaharlarida 28-oktabr holati bo‘yicha 75 foiz iste’molchi elektrsiz qolmoqda.

Kuinsida (Massachusets shtati) bo‘ron turar joy kompleksining tomini uchirib yuborishi oqibatida 12 ta kvartirada yashovchi fuqarolar mehmonxonaga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Qo‘shni Veymutda Qizil xoch elektrsiz qolgan insonlar uchun vaqtincha boshpana ochgan.

Nyu-Jersida avtomobil haydovchisi vafot etgan. Morris shaharchasida bir kishi daraxt shoxining qulashidan jarohat olgan. Nyu-York hukumati, shuningdek, 26-oktabr kuni Long-Aylend qirg‘oqlarida bedarak yo‘qolgan baydarkachining jasadini topgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mart oyida AQShning Alabama va Texas shtatlarida tornado sodir bo‘lgan va deyarli 70 ming uy elektr energiyasidan uzilib qolgandi. Avgust oyida esa Nyu-Yorkda “Genri” dovuli yaqinlashib kelayotgani tufayli favqulodda holat rejimini e’lon qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi