• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 63 yoshli ayolga nevarasi tengi yigit shilqimlik qilib, kaltaklagani aytilmoqda

    O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi “Nemolchi.uz” loyihasi 63 yoshli ayol nevarasi tengi yigit tomonidan zo‘ravonlikka uchragani haqida maqola e’lon qildi. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, voqea Toshkent shahrida yuz bergan.

    Mavzuga doir: Toshkentda talaba qizga tegajog‘lik qilib, uni oynadan itarib yuborishda gumonlangan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi

    “Onaxon, keling sizga bir teginay, 10 ming so‘m beraman”

    Unda aytilishicha, Marina Ivanovna (ismi o‘zgartirilgan) gipertoniya kasalligining oldini olish maqsadida har kuni ertalab shifokorlar maslahati bilan sayrga chiqadi. 2021-yil 11-sentabr kuni soat 5 larda, hali g‘ira-shira bo‘lgani uchun o‘zi bilan kichik fonar olib, sayrga chiqqan. Birozdan so‘ng ayol qadam tovushlarini eshitgan — ortidan bir yigit kelgan va “Onaxon, keling sizga bir teginay, 10 ming so‘m beraman”, deb aytgan.

    Ayol undan tinch qo‘yishini so‘ragan, ammo yigit birdan kelib uning sonidan chimchilab olgan. Onaxon uni o‘zidan itarishga harakat qilgan, lekin ichkilik hidi kelib turgan yigit hujum qilishda davom etib, goh qo‘li, goh oyog‘i, goh sonlarini chimchilay boshlagan. Ayol qadamini tezlatgan, ammo yigit ham unga ergashgan. Onaxon eshikda kodli qulf bor, o‘sha yerda yashirinaman, deb o‘ylab, yorug‘lik tushib turgan podyezd eshigi tomon otilgan. Ammo eshikda qulf bo‘lmagan, shu sababli ayol eshikni tortib, yopib turishga harakat qilgan. Biroq yigit kuch bilan uni ochib, podyezdga kirgan. U behayo so‘zlarni aytib qichqirgan holda Marina Ivanovnaning intim joylariga tegingan. Ayol uning shilqimligidan himoyalanish maqsadida devorga yopishib, baqirib, yordamga chaqirgan.

    Shu vaqtda mast yigit ayolning yuziga bir musht tushirib, “Ovozingni o‘chir, o‘ldiraman!”, deb tahdid qilgan va kiyimlarini yirtib, kaltaklay ketgan. Kaltak zarbidan ayolning ko‘zoynagi yerga otilib, ko‘z oldi xiralashgan. U qo‘rqsa-da, qarshilik ko‘rsatishda davom etgan. Shovqinni eshitgan qo‘shnilardan biri eshikni ochgan. Bundan cho‘chigan yigit voqea joyidan qochib qolgan. Ayol esa karaxt ahvolda uyga yetib olib, qiziga qo‘ng‘iroq qilgan. Qizi darhol yetib kelgan va Marina Ivanovnaning turishga ham holi yo‘qligi sababli uyda davolashga qaror qilgan.

    Foto: “Nemolchi.uz”

    Foto: “Nemolchi.uz”

    Qayd etilishicha, jabrlangan ayol ruhan ezilgan, ovqat yeyishni, hech kim bilan gaplashishni xohlamasdi. “Ichki ishlarga borsam, shahar bo‘ylab rosa yugurtirishini bilardim. Meni esa hatto ovqat ham chaynay olmasdim, hammayog‘im shishib, og‘rirdi”, — degan voqea haqida “Nemolchi.uz” loyihasiga so‘zlab bergan jabrlanuvchi.

    Uyda o‘tirgan Marina Ivanovna odamlarga pand berib, ishdan qolayotganini o‘ylab siqilgan. Oradan bir hafta o‘tgach, o‘zi ishlaydigan o‘quv markaziga ma’ruza o‘qish uchun kelgan. Hamkasblari va o‘quvchilari uning ahvolini ko‘rib dahshatga tushgan. “Tezda ichki ishlar idorasiga xabar bering, buni shunday qoldirib bo‘lmaydi!”, degan ular. Ularning barchasi jinoyatchi topilib, javobgarlikka tortilishiga ishongan. 18-sentabr kuni jabrlanuvchi ayol huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, sodir bo‘lgan voqeani batafsil bayon qilgan.

    Tergov organlarining xatti-harakati

    Ayolga 4 kun davomida turli erkaklarning suratlari ko‘rsatilgan. Bir kuni kechki payt tezkor xodimlar unga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘chaga chiqishni so‘ragan. Podyezddan chiqqan Marina Ivanovna bir necha kishini ko‘rgan. IIB xodimlari ular orasida hujum qilgan yigit bor, yo‘qligini ko‘rsatishini so‘ragan. “Qahramonimiz esankirab qolgan. Nahotki bizning mamlakatda jinoyatchining shaxsini aniqlash ishlari, tegishli tartibda sir saqlanmasdan, to‘g‘ri jabrlanuvchining uyi oldida o‘tkaziladi?”, — degan savol o‘rtaga tashlangan “Nemolchi.uz” loyihasida.

    23-sentabr kuni jabrlanuvchi IIBBga chaqirilib, yana bir necha kishilarning suratlari ko‘rsatilgan. Ular orasida o‘sha kungi yigitning ham surati bo‘lgan. U voqea qayd etilgan kuzatuv kameralari orqali topilgan. Ayol unga hujum qilgan yigit ancha yoshligiga guvoh bo‘lgan. U ayoldan undan, taxminan, uch baravar kichik bo‘lib, tom ma’noda nevarasi tengi edi.

    Surat orqali shaxsi aniqlangandan keyingina tezkor xodimlar jabrlanuvchiga tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerakligini aytgan. “Nahotki tajribali tezkor xodim bunday tekshiruv imkon qadar tezroq o‘tkazilishi kerakligini bilmaydi?”, deb savol berilgan “Nemolchi.uz” loyihasida. Ariza yozilganidan 6 kun, voqea sodir bo‘lganidan esa qariyb 2 hafta vaqt o‘tgan.

    Tibbiy ko‘rikdan so‘ng ishni tergovchiga topshirish arafasida tezkor xodimlar jabrlanuvchi hali sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tmaganini eslaydi va uni sud-tibbiy ekspertiza markaziga yuboradi. Shifokor ayolni ko‘zdan kechirib, uning holatini yengil tan jarohati, deb baholaydi.

    Ayol sud-tibbiy ekspertizadan qaytgach, uyiga gumonlanuvchi yigitning buvilari bo‘lgan ikki ayol keladi va yig‘lab, nevarasi mast bo‘lganini aytib, uni kechirishni so‘rab, yordam taklif qiladi. Marina Ivanovna buni rad etib, eshikni yopadi. U hayron qoladi: “Hujum qilgan yigitning qarindoshlari manzilimni qayerdan oldi? Ularga mening ismimni kim aytdi?”. Bir necha kundan so‘ng uyiga gumonlanuvchining opasi bir erkak bilan keladi. Ayol ularga eshikni ochmay, ketishlarini so‘raydi.

    Ayol tergov keyin qanday davom etganini bilmaydi — uning cho‘zilib ketganini saylovoldi jarayoni bilan izohlashadi. 21-oktabr kuni Marina Ivanovna gumonlanuvchi bilan yuzma-yuz uchrashishga chaqiriladi.

    Yigit va uning advokati voqeani umuman boshqacha izohlaydi: “Ayol yigitni haqorat qilgan, keyin esa sababsiz urgan. Yigit mast bo‘lgani uchun hech narsani eslay olmaydi, biroq dastlab jabrlanuvchini sevgan qizi bilan adashtirib yuborgani esida”. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Marina Ivanovna o‘ziga o‘zi zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. U, shuningdek, ayolni voqea joyida guvohlarni kutmaganlikda, 102  yoki 103 ga qo‘ng‘iroq qilmaganlikda ayblagan.

    Mavzuga doir: Toshkentda talabaga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan “zamdekan” qizning o‘zi unga shilqimlik qilganini aytdi

    “Meni, kap-katta ayolni haqorat qilganlikda, hammasini to‘qib chiqarganlikda ayblashdi! Nima uchun advokatlar tuhmat qilganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?”, — degan jabrlanuvchi ayol “Nemolchi.uz” loyihasiga qilgan murojaatida.

    Qayd etilishicha, tergov hali yakunlanmagan, hujumdan keyin ayolning sog‘lig‘iga yangi tahdidlar paydo bo‘ldi: oftalmolog chap ko‘zning kontuziyasini, neyropatiyani, chap ko‘z arterial gipertenziyasini aniqladi. Aynan o‘sha joyga yigit musht tushirgan. Oldinda nevrolog va nevropatolog tekshiruvi turibdi. Aftidan, sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar unga bir necha oy, hatto butun umrga tatigulik. Ammo sud-tibbiy eksperti buni yengil tan jarohati deb baholadi, tergovchi esa qayta ekspertiza tayinlamayapti.

    Mavzuga doir: Toshkent viloyatida keksa ayolni uyida it boqqani uchun o‘ldirmoqchi bo‘lishdi

    28.10.2021, 20:11   Izoh (0)   63360
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya prezidentidan Dubay amirigacha. Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan kimlar tabrikladi?

    28.10.2021, 19:41

    Toshkentda “chiroyli” avtoraqam auksion orqali 498,15 mln so‘mga sotildi

    28.10.2021, 19:10

    Toshkentda talabaga tegajog‘lik qilishda gumonlanayotgan “zamdekan” qizning o‘zi unga shilqimlik qilganini aytdi

    28.10.2021, 18:24

    “Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hashamat”. Salim Abduvaliyevning 7 gektar maydonda joylashgan dachasiga sayohat (video)

    28.10.2021, 17:54

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    28.10.2021, 17:22

    “Multfilm — bu jiddiy masala. U orqali har qanday g‘oyani singdirish mumkin”. O‘zbekistonda multiplikatsion soha rivojlanmasligiga ssenariy, mablag‘ va kadrlar mas...

    28.10.2021, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.