• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti rektori bilan muzokaralar o‘tkazdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilning 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiga bir qator topshiriqlar berilgan edi.

    Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, tarmoq korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilarning korxonalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazishiga sharoit yaratish maqsadida hamda neft-gaz sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilish maqsadida, joriy yilning 24-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti rektori, professor V. G. Martinov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

    Ushbu uchrashuv V. G. Martinovning O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrifi doirasida amalga oshirildi.

    Ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyati va samaradorligi ta’kidlanib, ko‘p yillik olib borilgan hamkorlikdagi ishlar doirasida I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali Respublika neft-gaz tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlab bergani qayd etildi. Ushbu oliy o‘quv yurtini tamomlagan bitiruvchilar “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, kompaniya rivojiga faol hissa qo‘shishmoqda.

    Uchrashuv chog‘ida tomonlar hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish imkoniyatlari, xususan, faoliyatning barcha sohalarida innovatsiyalarni samarali amalga oshirish muhimligiga e’tibor qaratishdi. Tomonlar neft-gaz ishida ta’lim dasturlarining yangi yo‘nalishlarini ochish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning oktabr oyida Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida viloyatda ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishning mutlaqo yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha ham “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga alohida ko‘rsatmalar bergan edi.

    Rossiya neft va gaz oliy ta’lim muassasasi rektori bilan uchrashuv chog‘ida aynan davlat rahbarining ushbu topshiriqlarining ijrosini qamrab oluvchi, “ustoz-shogird” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik ham o‘z aksini topdi. Bu borada abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash maqsadida, Qarshi shahridagi hududiy tayyorlov bo‘limlarining (HTB) muvaffaqiyatli namunasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlarida, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati hududlarida HTB ochish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

    Shuningdek, uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi tomonidan uglevodorodlarni qayta ishlash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlarni ochish taklifi berildi. Bundan tashqari, talabalar mukammal bilim olishlari uchun filialda magistratura bosqichini yo‘lga qo‘yish hamda soha bilan bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining birituvchilarini universitetda (Moskva shahrida) maqsadli magistratura bosqichida o‘qitish taklifi ilgari surildi.

    Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan bugungi uchrashuvda soha uchun raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish maqsadida, filialni kelgusi yillarda rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqish borasida mas’ullarga topshiriq va vazifalar berildi.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida filialning mavjud kafedralari bilan kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlar bo‘yicha muntazam tarzda, hamkorlikda faoliyat yuritilmoqda.

    Filial talabalarining o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish uchun “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida “tajriba sinov uchastkalari” tashkil qilingan. Bunday yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun filial rektori “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiga minnatdorchilik bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart—may oylarida filialning 270 nafardan ziyod talabalari o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarini “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan. I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali talabalarini rag‘batlantirish, intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining stipendiyasi joriy etildi.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    26.10.2021, 17:55   Izoh (0)   12084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

    26.10.2021, 17:09

    Qashqadaryoda Nexia va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi (video)

    26.10.2021, 16:55

    O‘zbekiston NATOni xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb ko‘rmoqda

    26.10.2021, 16:40

    O‘zbekiston noyabrda Rossiyaga COVID-vaksinatsiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

    26.10.2021, 15:56

    Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi poyezdlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    26.10.2021, 15:11

    O‘zbekistonda ikkilamchi bozordagi avtomobilni rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘imlar bekor qilinishi kutilmoqda

    26.10.2021, 14:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.