25-oktabr kuni olingan sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Angliyaning Svilington shahri yaqinidagi dalada yurgan otlar va ularning soyalari.

Foto: PA

Germaniyada o‘tayotgan mo‘ylov va soqol chempionati ishtirokchisi.

Foto: Reuters

Antaliya sohillarida g‘avvos Shahika Erjumen ko‘krak bezi saratoni bilan kurashayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash va bu kasallikka jamiyat e’tiborini oshirish uchun suvga pushti mato bilan sho‘ng‘idi.

Foto: Getty Images

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz to‘plab, O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga qayta saylandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bag‘dod uylarining devorlariga chizilgan rangli rasm. Bir guruh ko‘ngilli rassomlar Bag‘dod hayotini aks ettiruvchi rang-barang devoriy rasmlarni chizish orqali mahalliy aholiga umid va quvonch baxsh etishga harakat qilmoqda.

Foto: Getty Images

Jemma Chan 16-Rim kinofestivalida “Abadiylar” filmi namoyishi oldidan.

Foto: Shutterstock

Xitoyning Shenyangdagi bozorida piyoz sotayotgan sotuvchilar.

Foto: Getty Images

Rossiyaning Tayojniy o‘lkasi pitomnikidagi Sibir mushuklari.

Foto: “TASS”

Sudan hukumati a’zolarining hibsga olinishini qoralash uchun yo‘lni yonayotgan shinalar bilan to‘sib qo‘ygan namoyishchilar g‘alaba belgisi — V ni ko‘rsatmoqda.

Foto: AFP

Vengriyada havo harorati nol darajadan pastni ko‘rsatmoqda.

Foto: EPA

Chegaralar yopilishi tufayli afg‘on anorlari yuk mashinasida chirib qolmoqda. Bu savdogarlarning yuz minglab AQSh dollarini yo‘qotishiga va ishsizlikka olib keladi.

Foto: EPA

Taybeyda Art Taipei—2021 xalqaro zamonaviy san’at ko‘rgazmasi boshlandi.

Foto: “TASS”

Las-Vegasda figurali uchish bo‘yicha Gran-pri musobaqasi boshlandi.

Foto: EPA

Kaliforniyadagi sodir bo‘lgan ko‘chki 70-avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Foto: AP Photo

Germaniyaning Belitz shahri yaqinidagi o‘rmonda yerdan baland ko‘tarilgan yurish yo‘lagi.

Foto: “TASS”

Pandemiya sababli olti oylik tanaffusdan so‘ng Shri-Lankadagi boshlang‘ich maktablarda darslar qayta boshlandi.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Duysburg hayvonot bog‘ida Amur yo‘lbarsining bolalari.

Foto: “TASS”

Kaliforniyada kuchli to‘fon sodir bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Ruminiya Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasida koronavirus oqibatlaridan qayd etilgan o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord o‘rnatdi. Hukumat COVID-19 tufayli cheklovlarni kuchaytirdi.

Foto: “TASS”

Brandenburgda turnalarning mavsumiy ko‘chishi.

Foto: Getty Images

Madriddagi Butunjahon opera kuni munosabati bilan opera teatrida chiqish qilgan musiqachilar.

Foto: EPA