Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shou-biznes vakillari saylov natijalariga bag‘ishlangan konsertda chiqish qildi.

Foto: Instagram

Anvar Jo‘rayev, Shirin Abdullayeva va Ulug‘bek Rahmatullayev ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlab, “Yo‘l qahramonlari” deb nomlangan qo‘shiq kuylab, klip suratga oldirdi.

Nahide Babashli sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva qisqa fursat ichida qanday ozgani haqida so‘zlab berdi.

Turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Sevinch Moskva shahrida konsert berdi.

Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislariga uzumdek shirin tushlar tiladi.

Foto: Instagram

Feruza Normatova kasbdan xayr topa bilish san’at ekanligi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Sevara Soliyeva uchinchi bor ona bo‘ladi.

Aktrisa Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin” serialini tanqid qilayotgan hamkasblariga murojaat qildi.

“Ba’zi hamkasblarimizning ‘Serial unaqa bo‘libdi, bunaqa bo‘libdi’ , ‘O‘xshamapti’ deganlarini ko‘rib ham kulgim, ham yig‘lagim keldi! Ajabo, bizda qachon bunaqa masshtabda proyekt bo‘lgan edi, deb o‘ylanib qoldim. Bunaqa kichik fikrlagandan ko‘ra, proyekt ichiga bir nazar soling. Bir kunlik syomka uchun 250—300 dan ortiq odam jalb qilingan. Eng so‘nggi texnika va chiroq uskunalari, kostyumlar, makonlar tayyorlangan edi. Bunday katta jamoa bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga bizni bir narsa undadi, u ham bo‘lsa, bizning ajdodimiz, bizning tariximiz…

Xalqaro kinofestivalda qardosh mamlakatdan kelgan san’atkorlar uchun mehr va hurmatingizni negadir ayamadingiz, o‘zbek kinosiga hech qanday hissasi bo‘lmagan insonlarni ko‘klarga ko‘tardingiz (gap egasini topadi). Lekin bizning tarixni jonlantirishga harakat qilganlarni eslamadingiz ham”, — deb yozadi aktrisa.