“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:56, 23.10.2021 14723

Xinadan foydalanishning qanday afzalliklari bor?

Sochlarni tabiiy va shu bilan birga o‘ziga xos rangda ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan xinaning qanday foydasi borligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Marie Claire

Xinaning tabiiyligi va chiroyli rang berishi hech komga sir emas. Uning sochlarga naqadar foydali ekani esa uzoq tajribalarda tasdiqlangan. Xina – Afrika, O‘rta Sharqning issiq iqlimida o‘sadigan lavsoniya o‘simligining kukuni hisoblanadi. Ushbu o‘simlik tabiiy bo‘yoq taninni mujassam qilgani, bir qancha foydali xususiyatga ega ekanligi bilan o‘ziga xosdir.

U turli teri kasalliklar, yara, kuyish va ortiqcha terlashni bartaraf qilishda yaxshi samara beradi. Sochga esa nafaqat chiroyli rang beradi, balki qazg‘oqni ketkazib, tolalarni mustahkamlaydi. Oziqlantiradi, o‘stiradi va hatto qalin qiladi.

Foto: Getty Images

Ko‘p yillardan buyon xinadan foydalanib keladigan mutaxassisning aytishicha, u bilan bo‘yalgandan keyin har bir ayol-qiz sochi individual ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, xinadan keyin sochlar hamisha qizg‘ish bo‘lib qoladi degan fikrni o‘zgartirish kerak.

Masalan xinaga o‘simlik yog‘i, meva kislotasi aralashtirib professional kokteyl tayyorlanishi va u bilan sochlar bo‘yalishi ham mumkin. E vitamini, shakar va proteinga boy tinchlantiradigan giyohlar umumlashmasi soch tolalarini mustahkamlab, qayta tiklaydi. Infusion Elements deb ataluvchi mazkur kokteyldan foydalanib, 30 dan xil natijaga erishish mumkin. Ular orasida och malladan tortib to‘q shokolad rangi ham bor. Soch tuzilishi, avval bo‘yalgan yoki yo‘qligiga qarab, aralashmadan keyin soch turlicha, individual ko‘rinadi.

Xunuk qizg‘ish bo‘lib qolmasligi uchun uyda bo‘yamaslik kerak. Aralashmaning konsistensiyasi to‘g‘ri bo‘lishi, ta’sir qilish vaqtini hisoblash va parvarishni qo‘shish muhim sanaladi. Yodda tutish kerakki, xina deyarli yuvilganda ketmaydigan va boshqa bo‘yoqlarni olmaydigan bo‘yoq. Shu sabab natija darhol ko‘ngildagidek mukammal bo‘lishi kerak.