• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalqning davlati bo‘lsin-u davlatli tili bo‘lmasinmi?

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Xalqning davlati bo‘lsin-u davlatli tili bo‘lmasinmi?

    Biz o‘zbeklar, yaqinda rus adabiyotining yuz jildligini ona tilimizda chop etishga qo‘l urdik. Dastlabki jild – Aleksandr Pushkin asarlarini tashkil etdi.

    Biz o‘zbeklar, mamlakatimizda Rus madaniyati markazi ta’sis etilganining 25 yilligini yaqinda zo‘r shukuh bilan nishonladik.

    Biz o‘zbeklar, dunyo aholisining atigi yarim foizini tashkil etsak-da, bag‘rikeng, ko‘ngli ochiq bir el ekanimiz ahli olamga yaxshi ma’lum. Chunki sabr-qanoat, murosai madora degan narsa qonimizga singib ketgan. Garchi “g‘alchani izzat qilsang, chorig‘i bilan to‘rga chiqadi”, kabi achchiq maqollarimiz bo‘lsa-da, betamizlarning to‘rga chiqib yoyilib o‘tirishiga ham mudom chidab kelamiz. Qo‘rquvni, istiholani andisha deb andavalaymiz.

    Bo‘lmasa, ming yillik tarixga ega, boy va rangin ona tilimizni uch yil ichidayoq chinakam davlat tili qilib olmasmidik? O‘ttiz yil bo‘lyapti-ya?

    Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘lar emish. Milliy mentalitetimizdagi “og‘ir-vazmin”, “yetti o‘lchab, bir kesadigan” deb maqtovi kelishtiriladigan sustkashligimiz, agar qo‘yib berilsa, endi o‘zimizning ziyonimizga xizmat qilib qoladigan ham ko‘rinadi.

    Gap shundaki, kuni kecha allaqaysi rahnamolarining da’vatimi, rag‘batimi bilan, bir guruh shaxslar O‘zbekistonda rus tilini rasmiy til darajasiga ko‘tarish, “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartish kiritib, unga o‘zbek tili kabi huquqiy maqom berish taklifi bilan chiqib bong uribdilar. O‘rmondagi daraxtlarni qiyratayotgan boltadan omonlik yo‘q, chunki uning sopi ham boshqa emas – yog‘och, deganlariday, o‘zimizdan chiqqan bu “o‘zbek” ziyolilar o‘z tashabbuslari O‘zbekistonda rus tili mavqeyini yuksaltirishga bel bog‘lab (rus tili shunga zormi?), “Timur Po‘latov, Raim Farhodiy, Sabit Madaliyev, Suhbat Aflotuniy, Bax Ahmedov va boshqa adiblarning ‘prekrasniy rus tilida’ asar yozishlarini dalil sifatida peshkash qilishibdi. Biroq shularga zamondosh, ularning nazarida “uncha prekrasniy bo‘lmagan” o‘zbek tilida asar yozishsa-da, bu maqtalgan o‘riszabon adiblardan ijodi chandon yuqori turadigan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Tog‘ay Murod va boshqa o‘nlab shoir-yozuvchilar esa eslariga ham kelmabdi! Chunki bu haqiqat ularning da’volariga to‘g‘onoq bo‘ladi-da.

    Bugina emas. Rus tiliga O‘zbekistonda rasmiy til maqomini berish milliy davlatchilik ildiziga ham putur yetkazishga olib kelishidan, balki bu muhtaram zotlarning xabarlari yo‘qdir. Zero, har qanday davlatning negizida til turadi, har bir til kattami-kichikmi, qadimiymi-yoshmi, boymi-kambag‘almi – bundan qat’i nazar, bir davlat tuzish salohiyatiga ega, ammo dunyoning eng katta, qudratli davlatlari ham bironta tilni paydo qilishdan ojiz. Til – shunday mo‘jiza narsa.

    Xat mualliflari bir necha til birvarakay davlat tili deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarni ham misol keltirishadi. Bu endi – o‘sha yurtlarning ishi, o‘z sharoitidan kelib chiqqan voqelik. Ular bizning davlat tili haqidagi siyosatimizni ulgi qilib olmaganlari singari, ularning “rang-barang”ligi ham bizga ibrat bo‘la olmaydi. Bizdagi real vaziyat shundayki, rus tiliga “rasmiy til” maqomi berishga yo‘l qo‘yilsa, qog‘ozda – ikkitillilik, amalda esa rus tili yana taxt ustiga mindi, deyavering. Busiz ham ko‘p mahkamalarda rus tilida ish yuritilyapti. Shuning uchun ham bu taklif-tashabbus zimnida nihoyatda manfur bir tahdid yotibdi. Qolaversa, O‘zbekistonda aholining 80 foizdan ortig‘i o‘zbek. Qolganlari tojik, qozoq, qirg‘iz va hokazo. Ruslar esa 2,3 foizdan ham kamroq. Shunday bir holda bunday tahlikali tashabbus har qanday mantiqdan xolidir, u ona xalqini sevgan, mamlakatini har tomonlama ozod va gullab-yashnagan holda ko‘rishni orzu qilgan kishilarni xavotirga solishi tabiiy.

    Nega, nima uchun shunday bo‘lyapti? Chunki dunyoda kim ko‘p – manqurt ko‘p. Manqurt – har bir idora va korxonada, tashkilot va mahkamada topiladigan, millati bor, ammo milliy g‘ururi yo‘q kimsa. Qornining g‘amini orining g‘amidan ustun qo‘yadigan, sirtdan o‘ta ziyoli, ammo o‘zbek bo‘lib tug‘ilganidan faxrlanmay, o‘kinadigan nafs bandasi. Manqurtning belgisi shuki, uning uchun el-xalq, millat degan narsa yo‘q, aholi bor, xolos.

    Ehtimol, “Rus tili bizga begona emas” deb xat chiqargan bu o‘n sakkiz nafar ziyolining birov-yarimi o‘zbek tilini, chala-chulpa bo‘lsa ham, bilar. Ehtimol, bu o‘n sakkiz odamning ortida qaysidir bir xorijiy mahkama emas, rus tili davlat tiliga aylanishini orzulayotgan… boring ana, o‘n sakkiz ming odam bordir ham. Ammo o‘ttiz uch millionli o‘zbek xalqi-chi? Bu xalqning davlati bo‘lsin-u, davlatli tili bo‘lmasinmi?

    Bu gapni mubolag‘a, mahovat deguvchilarga aytadiganimiz shuki, o‘zbek tilining davlat tiliga aylanishi tahlikali ahvolda – deyarli barcha davlat idoralarida ish davlat tilida emas, rus tilida yuritilyapti. Boz, maxfiy emaski, davlat ishlari qaysi tilda yuritilsa, o‘sha til – davlat tili bo‘ladi – bizdagi ko‘ngilbo‘shlik, o‘zibo‘larchilik nihoyat, shunga olib kelyapti.

    Oliy Majlis Senatining raisi Ne’matulla Yo‘ldoshev 2018-yil 13-dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonun ijrosini tanqidiy baholab o‘tgan edi. Ya’ni, qonun bajarilishini talab qildi, xolos. Endi ijtimoiy tarmoqdagi rusiyzabon va chalarusiy “faollar”ning qaynab toshishini ko‘ring! Senat raisining shu qonuniy talabi ularni shuncha jazavaga soldi-ki!

    Demak, kurash ketayotir. Rus tilining “jonkuyari” bo‘lgan vallomatlarning bu haqdagi taklifi esa biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i.

    Bizningcha, davlat tilidagi qonuning o‘zini bir qayta ko‘rib chiqib, bunaqa “mulohaza”larga o‘rin qoldirmaydigan holga keltirish kerak.

    Bu haqda fikr yuritganda, daf’atan xayolimizga, gap qonunda emas, uning ijrosi oqsayotganida-ku, degan fikr keladi. Biroq qo‘shni davlatlarning shunday qonunlari matni bilan tanishib chiqish, avvalo, bizdagi qonunning o‘zi nomukammal ekanini ko‘rsatdi.

    Chunonchi, O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonun 5.187 belgidan iborat bo‘lsa, Qozog‘istonda 15.013 belgi, Ozarboyjonda 12.000, Turkmanistonda 15.468, Qirg‘izistonda 14.063, Tojikistonda 8.600, Rossiya Federatsiyasining davlat tili to‘g‘risidagi qonuni 10.158 belgidan iborat. Qarang, Markaziy Osiyodagi eng “kichkina” qonun shu mintaqadagi eng katta davlatga tegishli bo‘lib chiqyapti. Qolaversa, titul millat vakillari eng salmoqlisi ham O‘zbekiston edi.

    Binobarin, O‘zbekistonda davlat tili haqidagi qonun “yayrab” ijod etilishi lozim edi. Afsuski, O‘zbekistonning bu qonuni eng ixcham, boz, uning “tish-tirnog‘i” yo‘q – biron moddasi bajarilmasa, jazo beradigan mexanizmi mavjud emas. Mana, O‘zbekiston qonunining dastlabki moddalarini ayrim qo‘shnilar qonunlari moddalariga qiyoslab ko‘raylik:

    O‘zbekiston: “1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.”

    Biroq bu “qaltis” gap uchun keyingi oltita moddada “uzr” so‘raladi:

    “2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.

    3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.

    Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.

    4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.

    Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.

    5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi.

    6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.”

    Holbuki, boshqa barcha qo‘shni davlatlarning til to‘g‘risidagi qonunlarida bunaqa mayinlik yo‘q – ularda qonun ruhi va uslubi ustuvor:

    Armaniston: “Armaniston Respublikasining davlat tili – arman tilidir, bu til respublika hayotining barcha sohasida amal qiladi. Armaniston Respublikasining rasmiy tili – arman adabiy tilidir. Armaniston Respublikasi arman tilining mamlakat tashqarisida yashaydigan armanlar o‘rtasida saqlanishi va tarqalishiga ko‘maklashadi”.

    Tojikiston: “1. Tojikiston Respublikasining davlat tili tojik tilidir. 2. Tojikiston Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburdir.”

    Qirg‘iziston: “Qirg‘iz tili Qirg‘iziston davlatchiligining bosh asoslaridan biri sifatida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatining barcha sohalarida amal qiladi”…

    Ozarboyjon: “1. Ozarboyjon Respublikasining davlat tili ozarboyjon tilidir. Ozarboyjon Respublikasining har bir fuqarosi davlat tilini bilishga majburdir.” 2. Ozarboyjon tili davlat tili sifatida mamlakat hayotining barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalarida foydalaniladi. 3. Ozarboyjon Respublikasi davlat tilidan foydalanishni, uni himoya qilish va rivojlantirishni ta’minlaydi.”…

    Qozog‘iston: “Qozog‘iston Respublikasining davlat tili qozoq tilidir. Davlat tili – davlat boshqaruvi, qonunlar, sud yuritish, ish yuritish tili bo‘lib, butun davlat hududida ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida amal qiladi. Davlat tilini bilish har bir Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining burchidir.”…

    O‘zbekistonning bu yumshoq qonunini boshqa moddalar bo‘yicha ham ular qonunlariga solishtirsangiz, manzara o‘zgarmaydi.

    Shunday ekan, avvalo, bu qonunning o‘zini mukammallashtirish shart. Buning uchun qonunshunos mutafakkirlar til haqidagi qonunimizni boshqalarning shunday hujjatlariga qiyosan ko‘rib chiqib, yetishmagan moddalarni ulardan olish haqida taklif berishlari kerak.

    Har bir davlatning o‘z fuqarolari oldidagi obro‘si qonunlarga amal qilinishini ta’minlash bilan yuksaladi. Hukumat degani esa qonun ijrosiga mas’ul mahkama. Shunday ekan, qonunni takomillashtirish, uni tishli-tirnoqli bir holga keltirish va bajarilmagan hollarda tayinlanadigan jazo mexanizmini barpo etish bilangina murod hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda o‘zbek tili chinakam davlat tiliga aylanadi.

    Yuqoridagi qonun matnlaridan birida shu mamlakat xalqining tili davlatchilikning bosh asosi sifatida ko‘rsatilgan edi. Bu haq gapni o‘zbek tiliga tatbiqan ishlatishdan muncha ehtiyotlanamiz?

    Zuhriddin Isomiddinov, adabiyotshunos olim

    Ushbu maqola 2019-yil “O‘zA”da e’lon qilingan. Adabiyotshunos olim o‘zbek tilining chinakam davlat tiliga aylanishiga monelik qilayotgan omillar haqida fikrlarini bildirgan.

    21.10.2021, 07:45   Izoh (0)   24157
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Prezident saylovi arafasidagi O‘zbekiston

    21.10.2021, 07:34

    Tilimiz

    21.10.2021, 06:21

    Buyuk Britaniyagacha yetib borgan suriyalik qo‘g‘irchoq, samolyot boshqargan prezident, Xellouin qovoqlari tanlovi. 20-oktabr suratlari

    20.10.2021, 23:55

    O‘zbekistonda sentabr oyida qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    20.10.2021, 23:17

    Toshkentda bankomatdan qariyb 400 mln so‘m o‘g‘irlagan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

    20.10.2021, 22:57

    Marg‘ilonda bir asr avval qurilgan “Xo‘ja Porso” masjidi nega buzilganiga aniqlik kiritildi

    20.10.2021, 21:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.