• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Marg‘ilonda bir asr avval qurilgan “Xo‘ja Porso” masjidi nega buzilganiga aniqlik kiritildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda hamda ba’zi ommaviy axborot vositalarida Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilib, o‘rniga yangi masjid binosi qad rostlayotgani bilan bog‘liq tanqidiy ruhdagi materiallar e’lon qilindi.

    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Xususan, jurnalist Elmira Tuxvatullinaning Facebook’da yozishicha, gid Jamil Qosimov Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlarni betakror ustunlar va naqshindor shiftni ko‘rsatish uchun olib borganida masjid buzilib, uning o‘rnida qurilish ishlari olib borilayotganiga guvoh bo‘lgan.

    “1869-yilda qurilgan, ko‘plab sayohat jurnallarida yozilgan va bir qator suratlari e’lon qilingan hamda pandemiyadan avval jon deb ekskursiyaga olib borilgan ushbu masjid endi yo‘q. Ustunlar va buzib tashlangan naqshinkor shift esa shunchaki keraksiz buyumdek yerda changga belanib yotibdi”, — degan Jamil Qosimov va masjidning o‘sha kungi holati aks etgan video hamda 2019-yilda o‘tkazilgan avvalgi ekskursiyalaridan olingan suratlarni taqdim etgan.

    Yangi masjid qurilishi.

    Yangi masjid qurilishi.
    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Eski masjidning naqshinkor peshtoqi.

    Eski masjidning naqshinkor peshtoqi.
    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Eski masjidning naqshinkor peshtoqi.

    Eski masjidning naqshinkor peshtoqi.
    Foto: Facebook / Jamil Qosimov

    Qayd etilishicha, masjid o‘rnida pishiq g‘ishtdan yangisi qurilmoqda, yodgorliklar yangi masjidga qayta o‘rnatiladi. Chet ellik sayyohlar bundan hayratga tushgan: “Qanday qilib shunday go‘zallikni buzish mumkin, axir bu ushbu obyektni sayyohlik jihatidan jalb qilib turgan narsa-ku? Yangi narsa baribir yangi”.

    Aksariyat mamlakatlarda tarixiy binolar xarob holga kelib qolsa ham uni yo restavratsiya, yo konservatsiya qilishga harakat qilishadi. Angliyaning o‘zida, deylik 50 yillik binoni ta’mirlash uchun ko‘plab komissiyalardan o‘tish kerak. “Nega bizda tarixiy inshootlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorlar osongina qabul qilinadi?” — deya savol bergan jurnalist.

    Jurnalist va bloger Nikita Makarenko ayvon shiftidagi bezaklar butun binoga qo‘shib buzib tashlanganiga noroziligini bildirgan. “Tolibon tashqarida emas, tolibon allaqachon ichimizda. Bu siyosiy harakat emas, muayyan shaxslarning ijtimoiy va madaniy rivojlanish darajasidir”, — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.

    Farg‘ona viloyati hokimligi ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borilgani va uning natijalarini e’lon qildi.

    Aniqlanishicha, masjid tanqidiy chiqishlarda qayd etilganidek 1869-yilda emas, balki 1918-yilda xom g‘ishtdan. Masjid binosi devorlari yorilgani, poydevorning cho‘kib ketgani kuzatilgani, shuningdek, bino tomining ibodat paytida qulab tushish xavfi paydo bo‘lgani sababli 2019-yilda binoni texnik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qurilish sohasida nazorat organlariga masjid ma’muriyati tomonidan murojaat yo‘llangan.

    2019-yil noyabrda olib borilgan texnik ekspertiza davomida binoning konstruktiv va tuzilmaviy yechimlari me’yoriy xavfsizlik talablariga javob bermasligi, xom g‘ishtdan qurilgan binoning devorlar konstruksiyasida hamda poydevorda cho‘kish yoki yorilishlar mavjudligi, namlik ta’sirida devorning uqalanishi boshlaganligi, “yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar” me’yoriy hujjatlar talablariga umuman mos kelmay qolgani aniqlangan.

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    “Texnik jihatdan binoni restavratsiya yoki rekonstruksiya qilish imkoniyatlari yo‘qligi sababli, buzib qayta qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan hamda mas’ul idoralar ekspertlari xulosasi olingan. Bugungi kunda eski masjid o‘rnida 1500 o‘rinli bo‘lgan barcha qulayliklarga ega zamonaviy yangi masjid binosi qurilmoqda.

    Eski masjid peshtoqidagi yog‘och o‘ymakorlik naqshlari restavratorlar tomonidan doimiy amaliyot usulida raqamlar bilan belgilanib, ko‘chirib olingan hamda saqlash uchun olib qo‘yilgan. Yangi masjid binosining ayvoni ayni o‘lchamlarda barpo etilmoqda, uning peshtoqiga eski masjiddan ko‘chirib olingan naqshlar o‘rnatiladi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati

    Jurnalist va bloger Eldar Asanovning yozishicha, “Xo‘ja Porso” shunchaki oddiy mahalla masjidi bo‘lgan.

    “Marg‘ilonlik tanish, shu masjidda juma namozini o‘qib yurgan bir aka bilan gaplashib ko‘rdim. Aytishicha, bu shunchaki oddiy mahalla masjidi bo‘lgan. Bilsangiz, eski mahallalarda bitta hovli masjidga ajratiladi, yosh-qari o‘sha yerda ibodat qiladi. Bunday masjidlar aksar holda badiiy qiymatga ega qilib bezatilmaydi, balki oddiy o‘zbekcha hovli-joydan farq qilmaydi. Homiylar chiqib, ta’mirlab bermasa, bunday masjid oddiy uydan ajralib turmaydi. Ko‘pchilik mahallalarda shunday masjidlar bor edi”, — deydi bloger.

    Eldar Asanovning fikricha, bunday hovli-masjidlar juda eski zamonlarda masjid maqomini olgan esa-da, birinchidan, badiiy-me’moriy qiymatga ega emas, ikkinchidan, bugungi kunga qadar mahallaga masjid bo‘lib xizmat qiladi. Ular iste’moldan chiqarilgan moddiy madaniyat obyektlari bo‘lmay, ijtimoiy hayotda ishlatiladigan inshootlardir. Shunday ekan, ularni ta’mirlash, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish kerak.

    “Lekin san’atshunos Boris Chuxovich aytyaptiki, bu bezaklar uzoq tarixga ega emas ekan, 10—15 yil oldin tushirilgan ekan. Qolaversa, boyagi marg‘ilonlik suhbatdoshim bezaklarning badiiy qiymati yuqori emasligini, har bir uyda borligini, xuddi shu bezaklarni qaytadan tushirish muammo emasligini, usta-mutaxassislar yetarli ekanini aytmoqda”, — deb yozgan u.

    Madaniy meros agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Marg‘ilon shahar “Xo‘ja Porso” mahallasi, Baxtiyorlik ko‘chasi, 100-uyda joylashgan “Xo‘ja Porso” jome masjidi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan rasmiy namozxona sifatida foydalanib kelinmoqda. Ushbu masjid Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

    2020-yil 3-dekabrda “Xoja Porso” jome masjidiga tashrif buyuruvchi namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida masjid hududida qo‘shimcha bino inshootlarini qurish bo‘yicha taklif loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashiga taqdim qilingan.

    Madaniy meros agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, madaniy meros obyektining tarixiy qismi yechib olingan bino bir necha joyidan yorilgani aniqlangan va bu borada Qurilish sohasida nazorat hududiy inspeksiyasi xulosasi ham olingan. “Shift va ustunlarga zarar yetkazmagan holda raqamlanib olib qo‘yilgan, yog‘ingarchilik va tagidan zax o‘tmasligi choralari ko‘rilgan”, — degan Alisher Husanov.

    Ayni paytda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

    20.10.2021, 21:37   Izoh (0)   20367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

    20.10.2021, 21:16

    O‘zbekistonda banan, ananas, kivi, avokado, finiki va shu kabi boshqa tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi

    20.10.2021, 20:55

    Navoiyda hamshira bemorni kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi

    20.10.2021, 20:15

    Milliy gvardiya qo‘mondoni: “Yillab navbatda turish odamlarni bola sotib olishga majbur qilmoqda”

    20.10.2021, 19:59

    “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga o‘girgan Mark Rizga va’da qilingan gonorar to‘lab berildi

    20.10.2021, 19:47

    Qashqadaryoda markaziy ichimlik suvi quvuriga ulanib olib, aholiga suv sotgan shaxsga chora ko‘rildi

    20.10.2021, 19:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    “AQSH qurollari Eron yerosti yadroviy obyektlarini yo‘q qila olmaydi” — amerikalik ekspert

    Dunyo | 19 iyun, 12:59

    Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etmoqda

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:54

    Futbol mantiqlariga qarshi chiqqan Krishtianu Ronaldu

    Sport | 19 iyun, 12:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.