• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” o‘z safini “yomon odamlar”dan tozalashni boshladi, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili iste’foga chiqdi. Afg‘oniston yangiliklari

    Toliblar o‘z safini “yomon odamlar”dan tozalashni boshladi

    Afg‘onistonda razvedka xizmatlari, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining qo‘shma komissiyasi “Tolibon” safini korrupsionerlardan tozalashga kirishdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ta’kidlanishicha, gap o‘z lavozimlarini qarindoshlari yordamida egallagan odamlar, jinoyatchilar, o‘tmishi shubhali bo‘lgan kishilar yoki mahalliy aholining nafratini qo‘zg‘atuvchi amaldorlar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

    “Razvedka bosh boshqarmasi, Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi tomonidan ‘Tolibon’ safini va guruhlarini yomon va poraxo‘r odamlardan tozalash uchun tuzilgan qo‘shma komissiya Islom Amirligi (toliblar o‘z siyosiy tizimini shunday ataydi) vazirlari buyrug‘i bilan butun mamlakat bo‘ylab o‘z ishini boshladi”, — deb yozdi harakat vakili Zabihulla Mujohid Twitter’da.

    Mavzuga doir: Afg‘onistonda “Tolibon” va qarshilik kuchlari o‘rtasida shiddatli janglar bormoqda

    AQShda Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakilini tayinlandi

    AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod iste’foga chiqqanidan keyin ushbu lavozimni uning sobiq o‘rinbosari Tomas Uest egallaydi.

    “Avval maxsus vakil o‘rinbosari bo‘lgan Tomas Uest Afg‘oniston bo‘yicha keyingi maxsus vakilga aylanadi”, — deyiladi davlat kotibi Entoni Blinken bayonotida.

    Blinken qayd etishicha, Uest Jo Bayden Barak Obama ma’muriyati davrida vitse-prezident lavozimini egallab turgan vaqtda u rahbarlik qilgan xavfsizlik guruhi tarkibida bo‘lgan.

    Tomas Uest Jons Hopkins universitetini “xalqaro aloqalar” yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan. Davlat departamenti va Oq uyda ishlab, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq muammolariga ixtisoslashgan.

    2011—2012-yillarda Afg‘onistonning Kunar viloyatida qayta tiklash ishlari bilan shug‘ullangan harbiy bo‘lmagan xodimlarga rahbarlik qilgan. 2012-yildan 2015-yilgacha Milliy xavfsizlik kengashida Afg‘oniston va Pokiston hamda Yaman yo‘nalishlarini boshqargan. Baydenning maxsus maslahatchisi bo‘lgan.

    Afg‘oniston bo‘yicha avvalgi maxsus vakil Xalilzod Donald Tramp tomonidan 2018-yilda tayinlangan edi. Undan oldin, sobiq prezident kichik Jorj Bush davrida Xalilzod BMTdagi doimiy vakil, shuningdek, Iroqdagi (2005—2007-yillar) va Afg‘onistondagi (2003—2005-yillar) elchi bo‘lgan.

    U 18-oktabr kuni o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi. Blinkenga yo‘llagan xatida u hozir uning ketishi uchun ayni vaqt ekanini, chunki AQSh Afg‘onistonga nisbatan siyosat olib borishning yangi bosqichiga kirayotganini aytgan.

    U o‘z xatida yozishicha, afg‘on hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuvlar dastlab ko‘zda tutilgani kabi amalga oshirilmagan. Xalilzod voqealarning bunday tus olishi sabablari haqidagi fikrlari bilan yaqin kelajakda bo‘lishishga va’da berdi.

    Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” Afg‘onistonni avgust o‘rtalarida egallab oldi. Ular Bayden mamlakatdan Amerika qo‘shinlari olib ketilishini e’lon qilganidan keyin, apreldan buyon hujumlarni olib borayotgan edi. O‘z qo‘shinlarini chiqarib ketish haqidagi kelishuvni AQSh “Tolibon” bilan o‘tgan yil fevralida imzolagan edi.

    Mavzuga doir: “Tuganmas urush”. AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan harbiy kampaniya tarixi. Afg‘on urushining 20 yili haqida

    “Tolibon” BMTga Afg‘onistonda bolalarni poliomiyelitga qarshi emlashga ruxsat berdi

     

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) “Tolibon” rahbariyatining JSST va YuNISEFning Afg‘onistondagi bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash bo‘yicha kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash qarorini olqishladi.

    Poliomiyelitga qarshi vaksinatsiya 8-noyabrda boshlanadi va uch yil ichidagi birinchi shunday aksiyaga aylanadi.

    Keng ko‘lamli kampaniya natijasida qariyb 3 million bola emlanishi kutilmoqda. JSST eslatishicha, poliomiyelit falajlik va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli kasallikdir. Infeksiyadan ishonchli himoya uchun og‘izga tomiziladigan vaksinani bir nechta dozada olish kerak.

    Ta’kidlanishicha, poliomiyelitga qarshi immunizatsiyani amalga oshirish imkoniyatiga BMT va “Tolibon” vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan. Tomonlar qizamiq va koronavirusga qarshi vaksinatsiyani ham qayta tiklashga kelishgan.

    Mavzuga doir: AQSh Afg‘onistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib bermoqchi

    19.10.2021, 11:39   Izoh (0)   27123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milosh Zeman Chexiya prezidenti majburiyatlarini bajara olmaydi. Uning vakolatlari bo‘lib olinishi mumkin

    19.10.2021, 10:18

    Hindistonda 70 yoshli ayol birinchi farzandini dunyoga keltirdi

    19.10.2021, 09:47

    Gruziyada koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlandi, Rossiyada besh kundan buyon rekord, yangi shtammlar paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omil. Koronaxabarlar

    18.10.2021, 16:26

    Qozog‘iston prezidentining maxsus vakili Kobulda toliblar bilan uchrashdi

    18.10.2021, 15:41

    “Yangi narsa yo‘q”. Ukraina prezidenti Zelenskiy — “Pandora arxivi”dagi ofshor sxemalar haqida

    18.10.2021, 14:16

    KXDR parashyutchilarining yangi xizmat kiyimi — Marvel filmlari qahramoni libosi bilan deyarli bir xil. Bu Kim Chen Inning dizaynerlik tanlovi bo‘lishi mumkin

    18.10.2021, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.