• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gruziyada koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlandi, Rossiyada besh kundan buyon rekord, yangi shtammlar paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omil. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 240 748 401 kishini tashkil qilmoqda, shularning 4 900 105 nafari vafot etgan. Ayni vaqtga qadar jahon bo‘yicha 6,632 milliard doza vaksina qo‘llanilgan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (44,9 million), Hindiston (34 million), Braziliya (21,6 million), Buyuk Britaniya (8,4 million) va Rossiya (7,9 million) eng oldinda bormoqda.

    Filippin

    Filippin
    Foto: AP Photo

    COVID-19 ning yangi shtammlari paydo bo‘lishiga ta’sir qiladigan omil ma’lum qilindi

    Turli mamlakatlarda koronavirusga qarshi vaksinaning noteng taqsimlanishi iqtisodiy pasayishning davom etishiga hamda COVID-19 ning yangi shtammlari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bunday fikrni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo muvofiqlashtirilgan va teng yondashuvga amal qilmasa, kasallanish holatlarining barqaror qisqarishiga birorta ham davlatda erishib bo‘lmaydi.

    Koronavirusga qarshi vaksinalarni boy va kambag‘al mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlash imkonini berish uchun COVAX loyihasi bor. Uni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) va GAVI alyansi — nochor mamlakatlarda bolalarni emlash imkonini beruvchi xususiy va hukumat tashkilotlari sherikligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu mexanizm orqali Moldova hamda Afrikaning ba’zi davlatlari COVID-19 ga qarshi bepul vaksina bilan ta’minlandi.

    Mavzuga doir: JSST badavlat mamlakatlarni vaksinalarni g‘amlab olgani uchun qoraladi

    Rossiyada ketma-ket besh kundan buyon kasallanganlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilmoqda

    Rossiyada o‘tgan bir kecha-kunduzda 34 325 kishida koronavirus aniqlandi, bu pandemiya boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallanganlar sonining kunlik o‘sishi ketma-ket besh kundan buyon rekord o‘rnatmoqda. 14-oktabr kuni ushbu ko‘rsatkich 31 ming kishidan oshdi, undan keyingi kunlarda yana taxminan ming kishiga ko‘paydi. 17-oktabr kuni mamlakatda 34 303 kishi kasallandi.

    Shuningdek, bir kun ichida 998 kishi vafot etdi. O‘lim holatlari 16-oktabrda o‘rnatilgan rekord ko‘rsatkichga yaqin darajada saqlanib qolmoqda, o‘shanda bir sutkada birinchi marta mingdan ortiq kishi vafot etgandi.

    Tezkor shtabga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshidan buyon 8 milliondan ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan, 224,3 ming kishi vafot etgan.

    Mavzuga doir: Rossiyada yangi antirekord: bir kunda 34,3 ming kishida koronavirus aniqlandi

    Gruziyada koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlandi

    Gruziyada epidemiologik vaziyatning yomonlashishi koronavirus beshinchi to‘lqini boshlanganidan darak beradi. Bu haqda Kasalliklar ustidan nazorat bo‘yicha milliy markaz rahbari Amiran Gamkrelidze ma’lum qildi. U COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha hukumat siyosatini ishlab chiqishda asosiy ishtirokchilardan biri hisoblanadi.

    “Bu hayot va mamot masalasi. Hamma emlanishi kerak, hamma niqob taqishi kerak. Aks holda noyabr Gruziya uchun eng og‘ir bo‘ladi”, — deya ogohlantirdi Amiran Gamkrelidze.

    Gruziyalik epidemiologlar fikricha, vaziyat yomonlashuvining asosiy sababchisi — aholi orasida vaksinatsiya darajasining o‘ta pastligi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, Gruziyada Pfizer, AstraZeneca, Sinovac va Sinopharm vaksinalari bilan aholining 22 foizigina to‘liq emlangan. Yil oxirigacha “ommaviy immunitet” ishlab chiqilishi uchun har kuni kamida 30—40 ming kishi emlanishi kerak, ammo ayni paytda kunlik vaksinatsiya 4—5 ming kishiga teng.

    Pandemiya boshidan buyon Gruziyada 665 mingdan ortiq odam virusni yuqtirib olgan, shularning 9470 dan ziyodi vafot etgan.

    Mavzuga doir: Gruziyada pandemiya boshidan buyon eng og‘ir vaziyat kuzatilmoqda, Isroilda bolalarni besh yoshdan emlashga ruxsat berildi. Koronaxabarlar

    Melburn kelasi haftadan lokdaunni bekor qilmoqchi

    Avstraliyaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Melburn shahrida kelasi hafta qat’iy lokdaun rejimi bekor qilinadi.

    “Payshanba 23:59 (Toshkent vaqti bilan 21-oktabr 17:59)dan boshqa lokdaun bo‘lmaydi, uydan chiqishga cheklovlar va komendantlik soati bo‘lmaydi”, — dedi Viktoriya shtati bosh vaziri Deniyel Endryusga tayanib.

    Shu tariqa, Melburnda hisob bo‘yicha oltinchi lokdaun rejalashtirilganidan besh kun avvalroq yakunlanadi. Bunday qarorning asosiy sababi — Viktoriya shtati aholisini koronavirusga qarshi emlash jarayonining faollashgani. 21-oktabrga qadar 16 yoshdan oshgan aholining 70 foizini to‘liq emlash rejalashtirilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, lokdaun bekor qilinishiga qaramasdan, Melburn aholisi hamon o‘z aglomeratsiyasini tark etib boshqa tumanlarga keta olmaydi. Boshqa bir qator cheklovlar ham o‘z kuchida qoladi. Vaksinatsiya ko‘lamiga qarab keyinroq boshqa cheklovlar ham bekor qilinishi mumkin.

    Mavzuga doir: Avstraliyada koronavirus sabab fuqarolarning mamlakat hududidan chiqishiga qo‘yilgan taqiq yana uch oyga uzaytirildi

    18.10.2021, 16:26   Izoh (0)   12350
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston prezidentining maxsus vakili Kobulda toliblar bilan uchrashdi

    18.10.2021, 15:41

    “Yangi narsa yo‘q”. Ukraina prezidenti Zelenskiy — “Pandora arxivi”dagi ofshor sxemalar haqida

    18.10.2021, 14:16

    KXDR parashyutchilarining yangi xizmat kiyimi — Marvel filmlari qahramoni libosi bilan deyarli bir xil. Bu Kim Chen Inning dizaynerlik tanlovi bo‘lishi mumkin

    18.10.2021, 13:15

    Rossiyaning Perm o‘lkasidagi maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi. U qo‘lga olindi

    18.10.2021, 11:45

    Qonga infeksiya tushishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan Bill Klintonga uyiga javob berildi

    18.10.2021, 10:42

    Fransiya elchisi Minskning talabi bilan Belarusni tark etdi

    18.10.2021, 10:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.