18-oktabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon musulmonlar ziyoratgohi bo‘lgan Masjid al-Haromda birinchi marta ijtimoiy masofa saqlamagan holatda namoz o‘qildi.

Foto: “TASS”

Toshkent shahridagi “Navro‘z” bog‘ida o‘rnatilgan charxpalak.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Niderlandiyada Netflix’ning “Kalmar o‘yini” seriyasining reklama shousi bo‘lib o‘tdi. Shouda “qizil chiroq, yashil chiroq” o‘yini o‘ynaldi. Yutqazganlar otilmagan.

Foto: Shutterstock

Toshkent shahridagi “Jasorat monumenti” joylashgan maydonda to‘p tepayotgan erkak va bolakay.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qadimgi Olimpiya qishlog‘ida Pekinda o‘tkaziladigan 2022-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining olovini yoqish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: AFP

O‘shdagi Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universitetida tashkil etilgan saylov uchastkasida 18-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. Unda ushbu oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va O‘shda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berdi.

Foto: “Daryo” / Boburmirzo Abdusamadov

Shotlandiyada yuzlab birinchi kurs talabalari Sent-Endrus universitetida o‘tkaziladigan an’anaviy talabalar yig‘ilishida ishtirok etdi. Talabalar mamlakatning eng qadimgi universiteti maydonida “ko‘pikli urush” uyushtirdi.

Foto: Getty Images

Mirzo Ulug‘bek tumani, “Mustaqillik” mahallasida joylashgan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti binosidagi 19-saylov uchastkasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xitoyning Chjenchjou shahrida 35 juftlik ommaviy to‘y marosimida qatnashdi.

Foto: “TASS”

Toshkent shahridagi choyxonalardan birining hovlisida xazon barglarini supurayotgan ayol.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Budapeshtda Markaziy Evropa moda haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: EPA

Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida dizayner va teatr rassomi Nadejda Lamanovaga bag‘ishlangan “Yubkadagi daho va uning davri” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Interfaks”

Hindiston milliy talabalar uyushmasining faollari Kashmirdagi zo‘ravonliklarga qarshi namoyish o‘tkazdi.

Foto: AFP

Yangi Janubiy Uels shtatidagi 16 yoshdan oshgan odamlarning 80 foizi to‘liq emlanganidan so‘ng ularning tasvirlari Sidney opera teatrida namoyish etildi.

Foto: Getty Images

Christie’s auksion uyi zamonaviy ingliz san’atining kechki savdosiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Suratda: Barri Flanaganning “Piramida ustidan sakrayotgan ikki metrlik quyon” haykali.

Foto: “TASS”

Sankt-Peterburgda Etyen Moris Falkone va Mari Kollot tomonidan Buyuk Pyotr haykali restovratsiya qilinmoqda. Ishlar imperator tavalludining 350-yilligiga bag‘ishlangan.

Foto: “TASS”

O‘rta Yer dengizidagi Liviya qirg‘oq qo‘riqchilari tomonidan qirg‘oqqa olib kelingan noqonuniy muhojirlar. Ular suratdagi qayiqda Yevropaga yo‘l olgan edi.

Foto: AP Photo

Bryusseldagi Pfizer shtab-kvartirasi oldida koronavirus pasportlariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Angliyaning Esseks grafligidagi Li-on-si cherkovi oldida saylovchilar tomonidan o‘ldirilgan britaniyalik deputat Devid Emess xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatildi.

Foto: Getty Images

Seulda ADEX 2021 aerokosmik va mudofaa texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: EPA