KXDRda 10-oktabr kuni Mehnat partiyasi tashkil qilinganiga 76 yil to‘lgani munosabati bilan tashkil qilingan yana bir tantanali marosimdagi suratlar G‘arb OAVni o‘ziga jalb etdi. Suratlarda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasi ofitserlari hamda harbiy kiyimda emas balki Marvel yoki DC komikslaridagi kabi superqahramonlar kiyimini kiygan kishi bilan birga turgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar bu notanish kishini “KXDR kapitani” deb atashga ham ulgurdi, kimdir esa surat “feyk” bo‘lishi mumkinligini taxmin qila boshladi, sababi o‘zgacha libos kiygan ushbu odam rasmiy kiyimda turgan harbiylar fonida juda g‘alati taassurot qoldirgan. Meduza KXDRdagi harbiy parashyutchilarning yangi formasi bahonasida mamlakatdagi harbiy mundirlar tarixi va Kim Chen In bu borada olib borayotgan o‘ziga xos siyosat haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

Kim Chen In va harbiylar Pxenyanda bo‘lib o‘tgan qurollar ko‘rgazmasida. 2021-yil 12-oktabr

Foto: Reuters

Bu “feyk” emas

Bunga KXDR Mehnat partiyasining rasmiy gazetasi hisoblanuvchi “Nodon Sinmun”ning rasmiy saytiga kirib ishonch hosil qilish mumkin. Noodatiy kiyingan erkak Koreya xalq armiyasining harbiy havo kuchlarida xizmat qiluvchi parashyutchi askar. Partiya yubileyiga bag‘ishlangan maqolada (o‘zgacha formadan farqli ravishda ushbu maqolaning e’lon qilingan sanasi qalbakilashtirilgan) “Nodon Sinmun” tahrirriyatining vakillari, jumladan, taxminan shunday matnni yozgan: “Quvonchli oktabr osmonidagi ufq chizig‘ida Partiyaning qizil ramzi porladi, bu parashyutchining o‘ziga xos mahorat namunasi”.

Parashyutchi davlat propagandasining yuqori bahosini olgani tufayli KXDRning “oliy rahbari” bilan birga suratga tushish shaklidagi yuqori darajadagi mukofotga loyiq ko‘rilgan. Shimoliy Koreyada bunday surati bor odamlar rasman oddiy fuqarodan ijtimoiy ierarxiyaning yuqori lavozimiga munosib amaldoriga aylanishga juda yaqin keladi.

Partiya gazetasiga juda ma’qul kelgan va ular rosa maqtagan parashyutchi osmonga olib chiqqan partiya ramzi

Foto: KXDR markaziy televideniyesi

Parashyutchilar Shimoliy Koreya televideniyesida ilk bor bunday noodatiy libosda ko‘rinish berayotgan yo‘q. Masalan, sentabrda Markaziy televideniye Kim Chen Inning parashyutchilar bilan so‘rashayotgani haqidagi lavhani efirga bergan.

Foto: KXDR markaziy televideniyesi

KXDR bayrog‘i ranglaridagi mazkur harbiy kiyimning paydo bo‘lishi Kim Chen Inning shaxsiy tashabbusi asosida amalga oshgani taxmin qilinmoqda.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra Shimoliy Koreya armiyasida harbiylar formasini o‘zgartirish eng yuqori darajadagi sanksiyalar asosida amalga oshadi. Bu haqda KXDR haqidagi eng qiziqarli hujjatli filmlardan biri hisoblangan — “Qo‘mondon ota doim Xalq armiyasi jangchilari bilan birga turadi” deb nomlangan asarda (ayni vaqtda film KXDRdagi barcha internet-platformalaridan o‘chirib tashlangan, bunga film orqali xorij razvedkasiga axborotlar oshkor bo‘lish xavfining mavjudligi sabab bo‘lgan) ma’lumotlar berilgan. Filmda 1980-yillarda mamlakat hozirgi rahbarining otasi Kim Chen Irning unga taqdim qilingan harbiy formalar shaklini ko‘rib chiqayotgani (ba’zida oliy rahbar uchun model vazifasini bajargan erkak ushbu namunalarni kiyib “dohiy”ga namoyish etgan) tasvirlangan. Kim Chen Irning didi ancha nozik bo‘lgan — unga taqdim qilingan mundirlar namunalarining katta qismi yakunda tasdiqdan o‘tmagan.

Shimoliy Koreya harbiylarining uniformasiga qarab turib ham mamlakatdagi ichki holatdan muayyan chizgilarga ega bo‘lish mumkin edi. Masalan, Kim Chen Inning bobosi Kim Ir Sen 1954-yilda Kreml yetakchisi vafot etganidan keyingina xuddi Stalindek marshallar pogoni taqishni boshlagan. KXDR Sobiq Ittifoq ta’sir doirasidan chiqqanidan so‘ng, ya’ni 1957-yilda oliy qo‘mondonlik tarkibidagi pogonlardan “sovetlar”ga xos langarli yulduzlar yo‘qolib qoldi. Mazkur yulduzlar 1950-yillar boshida mamlakat oliy harbiylari uchun majburiy ramzlardan biri edi.

Gollivud blokbasterlaridagi qahramonlarni eslatuvchi ushbu parashyutchilar kiyimi KXDRda qandaydir o‘zgarishlar bo‘lishini anglatadimi?

Katta ehtimol bilan unday emas.

Albatta formaning superqahramonlarga xos dizayni 10 yil oldin Shimoliy Koreyada yangi yetakchi paydo bo‘lganidan keyin mamlakatda yangi islohotlar amalga oshirilishi haqida umidlar uchqunlay boshlaganini yodga soladi. Biroq keyingi yillardagi hayot bu borada optimizmga o‘rin yo‘qligini, Kim Chen In rahbarligining birinchi yillaridagi yorqin harakatlar, yetakchining konsertlarda Mikki-Maus libosini kiygan aktyorlar bilan chiqishi texno uslubidagi musiqalar yangraydigan konsertlar shunchaki qilingan zavqlanish ishlari bo‘lib qolib ketdi.

Aksincha Kim Chen In harbiylar libosini o‘zgartirishga qiziqib, rahbarligining boshlanishidagi qayta islohot o‘tkazish fikridan chekindi, asosiy e’tiborni strategik qurollarni yanada rivojlantirishga, keyin esa ochiqdan ochiq o‘zi bir vaqtlar ilgari surgan tashabbuslariga qarama-qarshi yo‘nalishlardagi islohotlarga o‘tib ketdi. Ushbu o‘zgarishlarning ayrimlari faqat harbiylarni qayta kiyintirishdan iborat bo‘lmay amaliy ahamiyatga ham ega edi — masalan, Janubiy Koreya bilan chegara hududlaridagi harbiy qismlarda kamuflyaj formasida xizmatni o‘tash boshlandi. Bunday formaning faqat janubliklarda borligi shimolliklarni hasadda yondirar, raqib tomonni ustunroqdek ko‘rsatar edi.

Kim Chen In va tantanovor libosning turli shakllarida kiyingan KXDRning eng yuqori lavozimdagi ofitserlari Mehnat partiyasining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda. 2020-yil 11-oktabr

Foto: AFP

Biroq bu kabi ishlarning deyarli hammasi kishi ko‘zi uchun ya’ni mamlakat rahbarini quvontirish uchun amalga oshirilgan. Kim Chen In boshqaruvi davrida oliy qo‘mondonlik tarkibining bir necha turdagi tantanovor liboslari paydo bo‘ldi. Yosh rahbar o‘zining KXDR marshali pogonida ham o‘zgarishlar qildi. Uning yelkasidagi pogon – otasi hamda bobosining generalissimus harbiy unvonidagi kabi ko‘rinish oldi. Kim Chen In uchun otasi Kim Chen Ir bilan musobaqalashish undan keyin nimalarnidir isbotlashga urinish harakati rahbar faoliyatini xarakterlaydi.

Kim Chen In Koreya xalq armiyasining strategik kuchlari qo‘mondonlik punktini ko‘zdan kechirmoqda. 2017-yil 14-avgust

Foto: KCNA

Kim Chen In va harbiy ayollar. 2019-yil 25-noyabr

Foto: AP Photo

Shunga qaramay Koreya xalq armiyasining asosiy libosi 1943-yildagi Qizil armiya qo‘shini harbiy formasining bir shaklidek taassurot qoldiradi. Sovet Ittifoqi ma’muriyati 1940-yillarda Shimoliy Koreyada harbiylarning shunday formada yurishi bo‘yicha an’anani joriy etgandi.