Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 8-turida “Bavariya” 17-oktabr, yakshanba kuni “Bayer” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Robert Levandovski va Serj Gnabri dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Tomas Myuller mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Patrik Shik leverkuzenliklarning javob to‘pini kiritdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Bavariya” ochkolarini 19 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa qaytdi. “Bayer” 16 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi.

Bundesliga

8-tur bahsi

17-oktabr, yakshanba

“Bayer” — “Bavariya” 1:5

Gollar: 0:1 – 3 Levandovski, 0:2 – 30 Levandovski, 0:3 – 34 Myuller, 0:4 – 35 Gnabri, 0:5 – 37 Gnabri, 1:5 – 55 Shik.

“Bayer”: Gradetski, Frimpong (Belarabi, 64), Ta, Kossunu, Bakker, Demirbay, Amiri, Virts (Retsos, 79), Shik (Alario, 79), Diabi (Adli, 64), Paulinyo (Tapsoba, 46).

“Bavariya”: Noyer, Zyule (Richards, 72), Ernandes, Upamekano, Devis (Stanishich, 40), Goretska (Zabitser, 46), Kimmix, Myuller (Koman, 64), Levandovski (Musiala, 64), Gnabri, Sane.