• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namangandagi mehribonlik uyini oxirgi 5 nafar bola tark etdi. Bu dargohda endi tarbiyalanuvchilar qolmadi (foto va video)

    Namangandagi 26-mehribonlik uyini oxirgi 5 nafar bola tark etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bolalarni mehribonlik uyi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Abdurahmonovaning oilasi o‘z bag‘riga oldi. Feruza va uning turmush o‘rtog‘i, Yangi Namangan tuman hokimligi kotibiyat mudiri Zohidjon Ismonboyevning uch nafar farzandi — ikki qiz va bir o‘g‘li bor.

    Feruza Abdurahmonova.

    Feruza Abdurahmonova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Mehribonlik uyiga bundan 8 yil avval, 2013-yilda ishga kelganman. O‘shanda 26 yoshda edim, boshida qiynaldim. Keyin-keyin ko‘nikib, moslashib ketdim, tajriba orttirdim, bolalar bilan ishlashni o‘rgandim. Shu yil fevral oyida davlat rahbari bizning dargohga tashrif buyurganlaridan keyin muassasamizda juda katta o‘zgarishlar yuz berdi: mukammal ta’mirlandi, yangi tizim yo‘lga qo‘yildi, Milliy gvardiya o‘z otalig‘iga oldi. Tarbiyalanuvchilarni yaqinlari olib ketishdi, patronatga, oilaviy mehribonlik uylariga topshirildi. Ular bolalarimizdek bo‘lib qolishgani uchun har gal bizni tark etishayotganida yuragimizni uzib ketgandek bo‘lishardi. Shu sababli ularni o‘zim ham asrab olishni o‘yladim. Qarorimni turmush o‘rtog‘im, yaqinlarimiz qo‘llab-quvvatlashdi. Nasib ekan, o‘zim shuncha yil ishlagan dargohdagi oxirgi 5 nafar bola bizning oilaga ketyapti, — deydi Feruza Abdurahmonova.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mehribonlik uyini tark etayotgan 5 bolaning to‘rt nafari — Azizbek, Ozodbek, Elmurod va Muxtor 17 yoshda, Larisa esa 18 yoshni qarshiladi.

    Ozodbek Nasriddinov.

    Ozodbek Nasriddinov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Bu yerga bundan 10 yil avval kelganman. Dadam tashlab ketganlar, oyim xorijda mehnat qiladilar. Avval mehribonlik uyiga topshirishgani uchun o‘ksigan, oyimdan xafa bo‘lgandim. Hozir esa to‘g‘ri qilgan ekanlar deb o‘ylayman. Chunki qishloqqa, uyimizga borganimda tengdoshlarim bilan o‘zimni solishtirib ko‘raman va ulardan ancha ilgarilab ketganimni sezaman. Bu yerda ta’lim-tarbiya oldim, muomalani o‘rgandim, sportdan — kurash va jiu-jitsu bilan shug‘ullandim. Kitob o‘qish bo‘yicha esa chempion bo‘lsam kerak: yaqinda Stefani Mayerning kattagina kitobini ikki kunda o‘qib tugatdim. Kelajakdan orzularim katta, huquq-tartibot idoralarida ishlash niyatim bor. Hujjatlarimni Toshkent yuridik universiteti yoki Jamoat xavfsizligi universitetiga topshirmoqchiman, — deydi mehribonlik uyining endilikda sobiq tarbiyalanuvchisi Ozodbek Nasriddinov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Feruza Abdurahmonova bu dargohdagi tarbiyalanuvchilarning duolariga ixlosi baland ekanligini yashirmaydi. Chunki ular yosh bo‘lishiga qaramay hayot qiyinchiliklari va turmush achchiq-chuchugini totigan bolalar.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    — Yashirmayman, kech farzand ko‘rdik. O‘shanda shu bolalar meni yupatib, “aya, hech xafa bo‘lmang, hali egizak farzandlar ko‘rasiz, biz ham bolalaringizmiz-ku”, deb tasalli berishardi, duo qilishardi. Xudoyimga aytganimiz va aytganlari bor ekan, bundan 4 yil avval egizaklarim — Fotima va Husan dunyoga keldi, ularning ortidan Faxriya tug‘ildi. Endi esa bir paytlar meni yupatib yurgan bolalarni o‘zim oilamizga olib ketyapman. Ularning kelgusida el koriga yaraydigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun bor kuchimizni sarflaymiz, — deydi Feruza Abdurahmonova.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shu tariqa, Namangandagi 26-mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 41 nafar boladan 26 nafari oilasi va qarindoshlariga qaytarildi, 15 nafari esa oilaviy mehribonlik uylariga yo‘l oldi. Bu dargohda endi tarbiyalanuvchilar qolmadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mehribonlik uyi direktori Dilorom Abdurahimovaning ma’lum qilishicha, muassasaning kelgusidagi faoliyati yuzasidan hozirda bir necha variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Ular orasida tarbiyasi og‘ir bolalar bilan shug‘ullanuvchi markazdan tortib davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatigagacha bor. Ushbu takliflar jamlanib, viloyat hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa mutasaddi idoralarga yuboriladi.

    Dilorom Abdurahimova.

    Dilorom Abdurahimova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Namangandagi mehribonlik uyining ishchi-xodimlariga 2021-yilning oktabr—noyabr oylari uchun kompensatsiya pullari to‘lanishi va ular kelgusida ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xalq ta’limi vazirligi Bolalarni ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Ro‘zibek To‘rayevning aniqlik kiritishicha, agar ota-ona boladan voz kechib, uni bolalar uyiga topshirmoqchi bo‘lsa, bola dastlab navbatda turgan oilalarga tavsiya etiladi. Agar ular rad etsa, yaqin hududdagi bolalar uyiga yoki bolalar shaharchasiga joylashtiriladi.

    Oilaviy bolalar uyida saqlanayotgan bolalarning maqomi va ularni voyaga yetganda uy-joy bilan ta’minlash, oliy ta’lim muassasalariga kirish kabi imtiyozlari saqlanib qoladi. Agar bolani kimdir sud qarori bilan asrab olsa, ushbu imtiyozlar o‘z kuchini yo‘qotadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil fevralida Namanganga tashrifi chog‘ida viloyatdagi 26-mehribonlik uyida bo‘lib, bu yerda tarbiyalanuvchilar uchun “barcha sharoitlarni muhayyo qilish” bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Sizlarni yorug‘ kunlar kutyapti. Sizlar oliygohlarga kirishingiz, uy-joyingiz bo‘lishi, baxtli bo‘lishingiz uchun men barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solaman. Biz qonun asosida davlat himoyasida bo‘lishingiz uchun qarorlar qabul qilamiz”, — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qaytadan mukammal ta’mirlangan muassasa 2021-yil 12-avgust kuni foydalanishga topshirilgan, tantanali marosimda muassasaga Prezident sovg‘asi — Nexia-3 avtomobili ham taqdim etilgandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyevning tashrifidan so‘ng bir qator tarbiyalanuvchilar, xususan, Prezident ko‘targan qizaloqni onasi olib ketgandi.

    Foto: “Daryo”

    Keyinchalik 3 nafar tarbiyalanuvchini To‘raqo‘rg‘ondagi Nurmatovlar oilasi, 5 nafar tarbiyalanuvchini Milliy gvardiya podpolkovnigi Bahodir Qo‘ldoshev oilasi, 5 nafar tarbiyalanuvchini namanganlik jurnalist Muhammadali Qambarov oilasi o‘z bag‘riga oldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lumot uchun, 2004-yilda tashkil topgan Namangandagi 26-mehribonlik uyida o‘tgan 17 yil davomida yuzlab bolalar tarbiyalangandi.

    14.10.2021, 19:25   Izoh (0)   37530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda “Volga”ning gaz balloni portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

    14.10.2021, 19:09

    Samarqandda tadbirkorlarning qariyb 550 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

    14.10.2021, 18:43

    Qarshida qum ortilgan Howo yuk mashinasi ag‘darilib, Nexia va Spark’ka ham zarar yetdi

    14.10.2021, 18:12

    Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 4 ta maxsus poyezd reysi qo‘yiladi

    14.10.2021, 17:42

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    14.10.2021, 17:27

    UzAuto Motors zavodda joy qolmagani sababli Lacetti’larni don omborida saqlashni boshladi

    14.10.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.