So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12175.07
    • RUB 125.42
    • EUR 12831.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Navoiyda besh nafar mast odam beton ishlab chiqarish sexiga kirishga qarshilik ko‘rsatgan qorovulni kaltaklab o‘ldirdi

    12.10.2021, 20:10 29370

    Navoiy shahrida yashovchi mast holatdagi besh nafar shaxs ularning beton ishlab chiqarish sexiga kirishiga qarshilik ko‘rsatgan qorovulni urib, tepib o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonov xabar berdi.

    Ta’kidlanishicha, Navoiy shahridagi Tinchlik qo‘rg‘onida joylashgan ovqatlanish shoxobchalaridan birida beton ishlab chiqarish sexining 24 yoshli ishchilari S.B. hamda F.N. o‘zining tanishlari bo‘lgan 31 yoshli T.M., 29 yoshli K.M. hamda A.N. bilan ovqatlanib, spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Ular tungi soat 22:00 larda ovqatlanish shoxobchasidan chiqqan.

    Bu paytda F.N. ovqatlanish shoxobchasida yolg‘iz qolgan. O‘zining yolg‘iz qoldirib ketilganidan jahli chiqqan F.N. hamkasbi S.B.ga telefon qilib, janjal ko‘targan va Matiz rusumli avtomashinasida beton ishlab chiqarish sexi maydoniga kelgan. Soat taxminan 22:30 larda sheriklari bilan sex tashqi-orqa maydonida to‘planib turgan S.B.ning oldiga kelgan va ular bir-birini og‘zaki haqoratlagan. Keyin o‘zaro kelishmovchilik janjalga aylangan va shovqin ko‘tarilgan.

    Bu paytda sex qorovulligida bo‘lgan 40 yoshli B.H. ularni bu yerda to‘planmaslikka va janjallashmaslikka chaqirgan. O‘zi ham shu sexda navbatchi qorovul vazifasida ishlab kelayotgan S.B. B.H.dan sex ichkarisiga kiritishini talab qilgan. B.H. esa ayni paytda qorovullik vazifasini o‘tayotgani, sex ichiga kirishiga ruxsat bera olmasligini bildirgan.

    O‘zi ishlab kelayotgan sexga qorovulning kiritmayotganidan jahli chiqqan S.B. hamda F.N. o‘zaro o‘rtalaridagi janjal alamini B.H.dan olgan va unga tashlangan. Janjalga ovqatlanish shoxobchasida ular bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan sheriklari ham qo‘shilgan. Ular orasida muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan sudlangan T.M. ham bo‘lgan va u ham o‘z xatolaridan xulosa chiqarmagan holda janjalga aralashgan.

    “Besh nafar spirtli ichimlik iste’mol qilgan shaxs ularning sex ichkarisiga kirishiga qarshilik ko‘rsatgan B.H.ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, tepishgan. Og‘ir tan jarohati yetkazishgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, B.H. qo‘shchanoq jarohati, bosh miya og‘ir jarohati va lat yeyishi og‘ir darajasi, bosh suyagi sinib, miya asosiga o‘tishi kabi hayoti uchun xavfli bo‘lgan tashxis qo‘yilgan. B.H. shifoxonaga yotqizilgan va davo muolajalariga qaramay, bir necha kundan keyin shifoxonada vafot etgan”, — deydi O‘ktam Usmonov.

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 2-qismida (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Surxondaryoda tanishini pichoqlab qo‘ygan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
    • Termizda rashk sabab xotiniga pichoq urgan er uni o‘ldirib qo‘ydi
    • Qashqadaryoda mast ota o‘g‘lini temir bo‘lagi bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro alyans tuzilganini e’lon qildi

    Bugun, 14:55

    Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlashda harbiy prokurorlarning nazorati kuchaytiriladi

    Bugun, 14:23

    Xitoy hukumati dezinformatsiya va senzuraga milliardlab dollar sarmoya kiritmoqda — AQSH davlat departamenti

    Bugun, 13:42

    O‘zbekistonda suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi

    Bugun, 13:18

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov vyetnamlik raqibini qiyinchiliksiz yengib, chorak finalga yo‘l oldi

    Bugun, 12:42

    Senat ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzini to‘sib yurishni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi

    Bugun, 12:40

    Xanchjou—2022. Muhsin Hisomiddinov Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi

    Bugun, 12:38

    O‘qituvchilarning 15 foizi “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun ovoz to‘plashga jalb qilingan — “Yuksalish”

    Bugun, 12:25

    Toshkentning qator tumanlari hududida oktabr boshida issiq suv ta’minoti bir necha kunga o‘chiriladi

    Bugun, 12:10

    Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi

    Bugun, 11:52

    Tavsiya etamiz

    Qadah tutgan prezident, bo‘ron vayron qilgan qishloq, tikanli simlardan o‘tayotgan migrantlar — 29-sentabr suratlari

    23:00 / 29.09.2023

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    21:00 / 29.09.2023

    “Mazlum har doim mazlum bo‘lib qolaveradi va bu mazlumlik avlodlar kayfiyatida qayta-qayta takrorlanaveradi...” — “Oresteya” tragediyasi haqida

    23:00 / 28.09.2023

    Sergelidagi portlash, kitob o‘qiyotgan “Tolibon” jangchisi, yoppasiga o‘lgan baliqlar — 28-sentabr suratlari

    23:00 / 28.09.2023

    MOLIYA

    Biznes

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    10:00 / 29.09.2023

    Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilinadi

    08:00 / 29.09.2023

    Ranbir Kapur 41 yoshda: Aktyor bo‘lishni istamagan va o‘zidan 11 yosh kichik aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi haqida 

    15:00 / 29.09.2023

    Malida bortida “Vagner” askarlari bo‘lgan samolyot portlab ketdi (video)

    16:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo e’lon qilindi

    11:00 / 29.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.