Markaziy bank 13-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,19 so‘mga ko‘tarilib, 12 348,58 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab 10 666 so‘mni tashkil qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 15-fevraldan ichki valyuta bozoridagi oldi-sotdi operatsiyalar tartibiga oid o‘zgarishlar kuchga kirdi. Shundan buyon rasmiy valyuta kursi har kuni e’lon qilinmoqda.
Izoh (0)