Yevropa mintaqasida JCh—2022 saralashi 7-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar 8-oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Germaniya o‘z maydonida Ruminiyani mehmon qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 9-daqiqada Yanis Haji mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi, biroq ikkinchi 45 daqiqalikda nemislar bunga Serj Gnabri va Tomas Myullerning gollari bilan javob qaytarib, g‘alabani ilib ketdi.

Niderlandiya safarda Latviya bilan bahs yuritdi va Devi Klassenning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Turkiya o‘z maydonida Norvegiyani yenga olmadi. Uels esa Chexiya bilan murosa yo‘lini tanladi.

Rossiya va Slovakiyani minimal hisobda yengdi, Xorvatiya Kipr ustidan yirik g‘alabaga erishdi.

JCh—2022 saralashi

7-tur bahslari

8-oktabr, juma

Latviya – Niderlandiya 0:1

Gol: 0:1 – 19 Klassen.

Latviya – Ozols, Chernomordiy, Dubra, Yurkovskis, Kigurs (Krollis, 84), Emsis (Stuglis, 89), Yaunzems (Ontujans, 81), Siganik, Zyuzin (Karklinsh, 84), Savalniyeks, Uldrikis (Tarasov, 89).

Niderlandiya – Beylo, Dumfris, de Vrey, Blind, van Deyk, Til (Gravenberx, 62), de Yong, Bergeys (Lang, 62), Klassen, Gakpo (Vegorst, 76), Depay.

Germaniya – Ruminiya 2:1

Gollar: 0:1 – 9 Haji, 1:1 – 52 Gnabri, 2:1 – 81 Myuller.

Germaniya – ter Stegen, Kerer, Ryudiger, Zyule, Goretska, Hofmann (Klostermann, 85), Roys (Haverts, 67), Kimmix, Sane (Adeyemi, 89), Verner (Myuller, 67), Gnabri.

Ruminiya – Nise, Toshka, Ratsiu, Burke (Manya, 50), Rus, Stanchu (Albu, 82), Haji (Maksim, 60), Mixeile (Ivan, 60), Marin, Kirikesh, Pushkash (Mitrise, 82).

Ogohlantirishlar: Stanchu (41), Ratsiu (59), Pushkash (80), Kerer (87).

Chexiya – Uels 2:2

Gollar: 0:1 – 36 Remzi, 1:1 – 38 Peshek, 2:1 – 49, avtogol Uord, 2:2 – 69 Jeyms.

Turkiya – Norvegiya 1:1

Gollar: 1:0 – 6 Aqturko‘g‘lu, 1:1 – 41 Torstvedt.

Gibraltar – Chernogoriya 0:3

Gollar: 0:1 – 7 Marushich, 0:2 – 44, penalti Bechiray, 0:3 – 68 Bechiray.

Lixtenshteyn – Shimoliy Makedoniya 0:4

Gollar: 0:1 – 39 Velkoski, 0:2 – 66, penalti Alioski, 0:3 – 74 Nikolov, 0:4 – 83 Churlinov.

Islandiya – Armeniston 1:1

Gollar: 0:1 – 35 Oganesyan, 1:1 – 77 Youxannesson.

Estoniya – Belarus 2:0

Gollar: 1:0 – 57 Sorga, 2:0 – 90 Zenev.

Rossiya – Slovakiya 1:0

Gol: 1:0 – 24, avtogol Shkrinyar.

Malta – Sloveniya 0:4

Gollar: 0:1 – 27 Ilichich, 0:2 – 49 Shporar, 0:3 – 60 Ilichich, 0:4 – 67 Sheshko.

Kipr – Xorvatiya 0:3

Gollar: 0:1 – 45 Perishich, 0:2 – 80 Gvardiol, 0:3 – 90 Livaya.