O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Global News

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani ta’kidlangan hamda O‘zbekiston—Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Avvalroq Yaponiya Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Yosixide Suga mamlakat hukumatining yangi rahbari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning oldingi bosh vaziri Sindzo Abe 28-avgust kuni iste’foga chiqishi to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qilgandi. Abe yo‘g‘on ichak yallig‘lanishidan aziyat chekadi. Ushbu kasallik 2007-yilda ham uning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq keyinchalik u ahvolini o‘nglab, 2012-yilda yana bir bor bosh vazir etib saylangan edi. Yaqinda kasallik yana avj olgani ma’lum bo‘ldi.