Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yil 28-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “ ‘Buyuk ipak yo‘li’ bekatida harakat tarkibi eshiklari ochilmay qoldi” degan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” axborot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkibi rejali manyovr ishlari amalga oshirilayotgani sababli jadval asosida “Buyuk ipak yo‘li” bekatidan Olmazor elektrodeposiga jo‘natilishi lozim bo‘lgan, shuning uchun yo‘lovchilarsiz harakatlangan.

“Yo‘lovchilardan turli asossiz video materiallarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi xabarda.

Bundan avval Toshkent metrosi poyezdida besh kun ichida ikkinchi bor nosozlik kuzatilgani, Olmazor—Sergeli metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani hamda Toshkentda metro poyezdining eshiklari yopilmay qolgani sabab yo‘lovchilar tushirib yuborilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi