Dunyo bo‘ylab 27-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohi oldida Afg‘oniston ayollari huquqlari uchun o‘tkazilayotgan mitingda qatnashayotgan 16 oylik Iman Sangi.

Foto: Reuters

Leyboristlar partiyasi konferensiyasini o‘tkazayotgan Brayton qirg‘og‘i bo‘ylab yugurayotgan London meri Sodiq Xon.

Foto: PA

Kosovolik rassom Alkent Pozegu bug‘doy donidan Germaniya kansleri lavozimidan ketayotgan Angela Merkelning portretini yaratdi.

Foto: EPA

Qandahordagi maktabni tark etayotgan o‘quvchi qizlar.

Foto: AFP

Hukumatga qarshi namoyishchilar Bangkokdagi namoyish paytida suv bosimidan foydalanib, qo‘lbola raketalarni politsiya tarafga uchirmoqda. Namoyishchilar Tailand bosh vazirini iste’foga chiqarishni talab qilmoqda.

Foto: AFP

Edinburgda balet raqqoslari Natalya Osipova, Isaak Ernandes va Jeyson Kittelberger “Karmen” zamonaviy raqs spektakli oldidan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Foto: PA

Kaliforniyadagi Xantington-Bich shahrida syorfer itlarning an’anaviy musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Meksikada 43 talaba g‘oyib bo‘lganining yetti yilligi munosabati bilan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. O‘sha vaqtda kollej talabalari 26-sentabr kuni Iguala shahrida politsiya bilan to‘qnashuvdan so‘ng g‘oyib bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Italiyaning Polinyano-a-Mare shahri yaqinida o‘tkazilgan Red Bull Cliff Diving sho‘ng‘ish bo‘yicha jahon seriyasi mavsumi yakunlandi.

Foto: Getty Images

Gonkongda iPhone 13 sotuvi boshlandi.

Foto: Getty Images

Vashingtonda quyosh botishi.

Foto: Getty Images

Boliviyaning Puyo Puyo jamoa xo‘jaligida ushlanib, juni kaltalanayotgan vikunya.

Foto: Getty Images

Milanda yetakchi dizaynerlar va moda uylari an’anaviy tarzda o‘z to‘plamlarini taqdim etadigan moda haftaligi yakunlanmoqda.

Foto: Getty Images

Hindiston harbiy-havo kuchlari aerobatik jamoasi Shrinagardagi namoyish paytida.

Foto: Getty Images

Efiopiya pravoslav xristianlari Meskel diniy bayramini nishonladi.

Foto: Getty Images

Kaliforniyada to‘xtamayotgan o‘rmon yong‘inlari.

Foto: Getty Images

Fransiyaning Nitssa shahri osmonidagi chaqmoq.

Foto: AFP

Tehronda diniy bayroqlarni ushlab, Arbain kunini nishonlayotgan ayollar. Arbain kunida shialar Muhammad (s.a.v.) nabiralari bo‘lgan Husayn ibn Ali (r.a.) shahid bo‘lganini xotirlaydi.

Foto: Reuters

Ispaniyaning Palma orolida otilgan vulqon kuli bilan qoplangan shahar ko‘chasidan ketayotgan ayol.

Foto: AP Photo

Pokistonning Lahor shahrida mashhur avliyo al-Shayx Ali bin Usmon al-Hajvariyning ziyoratgohida har yili o‘tkaziladigan uch kunlik bayramni nishonlash paytida bepul sut olishga harakat qilayotgan ayollar.

Foto: AP Photo

Isroilda bir hafta davom etgan Sukkot bayrami yakunlanmoqda.

Foto: EPA

Brayton markazidagi Leyboristlar partiyasi konferensiyasida ma’ruza qilgan ingliz siyosatchisi Reychel Rivz.

Foto: PA