“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:19, 26.09.2021 13918

Toshkent viloyatida 1 kg giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “Qora dori-2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davomida 1 kilogramm giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB JQB

18-sentabr kuni IIV, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Bekobod tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Elbek Abdiyev (ism familiyasi o‘zgartirilgan) tuman Zafar qo‘rg‘oni markazida 20 dollar evaziga 1 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini maxsus xaridorga sotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Chinoz tumanida “Qora dori—2021” doirasida giyohvand vositalar yetishtiruvchi “maxsus laboratoriya” faoliyatiga chek qo‘yilgani, Ohangaron tumanida tomorqasini nasha plantatsiyasiga aylantirgan 38 yoshli B.J. ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Boshqa yangiliklar