Daryo

Toshkent viloyatida tomorqasini nasha plantatsiyasiga aylantirgan fuqaro ushlandi

U tomorqasining 200 metr kvadrat maydonida tarkibida faol giyohvand modda bo‘lgan 803 tup o‘simlik parvarishlab kelgan

1 daqiqa o‘qish44 782 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV Tergov departamenti

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tomorqasini nasha plantatsiyasiga aylantirgan 38 yoshli B.J. ushlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Viloyat IIBB xodimlari tomonidan “Qoradori-2021” tezkor tadbirini o‘tkazish davomida Yangibozor ko‘chasida yashovchi ushbu fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, tomorqaning 200 metr kvadrat maydonida yashil rangli, o‘tkir hidli giyohvand o‘tga o‘xshash o‘simliklar zich holatda ekilgani aniqlangan.

Shuningdek, tomorqada joylashgan makkajo‘xori ekinlari orasida esa 59 tup, yelim idishda 8 tup, hovlida ham 1 tup quruq holdagi shunga o‘xshash o‘simlik saqlanayotgani aniqlangan.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, tadbir davomida B.J.ning xonadonidan olingan jami 803 tup va 171 gramm miqdordagi ho‘l holdagi o‘simlik tuplari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddalari kannabis giyohvandlik vositasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.

Foto: IIV Tergov departamenti
Foto: IIV Tergov departamenti

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar