• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kimgadir muhtojligimni anglab yetgan kunim yashashdan to‘xtayman”. Imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatlarga erishayotgan andijonlik Zarina hikoyasi

    Zarina Madrahimova Andijon davlat universitetining 4-bosqich talabasi. U 2021-yilda Andijon viloyati hokimi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Turli ko‘rik-tanlov, ilmiy-amaliy konferensiyalar ishtirokchisi. Yigirmadan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Maqolalari respublika va xalqaro jurnallarda chop etilgan.

    Zarinaning ikki oyog‘i soppa-sog‘ bo‘lsa ham, qo‘l va barmoqlarida nuqsonlar bilan dunyoga kelgan. Kulib turgan yuzlarida o‘zbekona latofat, ko‘zlarida hayotga muhabbat va ishonch balqib turgan 22 yoshli qiz imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramasdan juda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. “Daryo” muxbiri u bilan suhbat qurdi.

    Hech kimdan yordam so‘ramaslikka harakat qilaman

    “Bolalagimda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelganman. Lekin ularni kimgadir dard sifatida aytishdan yiroqman. Boisi tengdoshlarim bajara olgan oddiy ishlar ham, men uchun juda katta qiyinchiliklar tug‘dirardi. Lekin shu kungacha hech kimga muhtojligimni sezdirmaganman. Sababi men kimgadir muhtojligimni anglab yetgan kunim, yashashdan to‘xtayman. Muhtoj bo‘lib yashash nihoyatda qiyin. Kimningdir ko‘ziga qaraysan, kimdandir iltimos qilasan, kimdandir biror narsani kutish har qanday odam uchun og‘ir narsa. Shuning uchun ham hech kimdan yordam so‘ramaslikka harakat qilaman.

    Zarina Madrahimova.

    Zarina Madrahimova.
    Foto: “Daryo”

    Ming shukurki, Alloh menga sabrli ota-ona bergan. Ularning bardoshiga, menga bo‘lgan munosabatiga tan beraman. Bu aslida katta matonat. Ular kichkinaligimdan hamma ishni qilishimga erkin qo‘yib bergan. Agar uyda birorta ishni qilmagan bo‘lsam onam so‘kardi. Bu qilolmaydi yoki bo‘lmasa buning qo‘lidan kelmaydi, degan narsa ayamning xayolidan o‘tmagan. Doim ‘nimaga bu ishni qilmading, senga tayinlab ketgandimku, bu ishni qilishing kerak edi’, degan gaplarni ko‘p gapirardi. Oilada uch nafar farzandmiz. Singlim bilan ukamni qanday ko‘rsa, meni ham shunday ko‘rgan. Kam yoki ko‘p ko‘rmagan. ‘Sen qilolmaysan’, degan gapni gapirmagan. Shular hayot yo‘limda o‘zimni tiklashimda, rivojlanishimda eng katta yordam bergan, shu kunlarga yetib kelishimga sababchi bo‘lgan narsalar”, — deydi Zarina Madrahimova.

    Maktabdagi ustozlarim “senga baho qo‘yib yoki bahongni ko‘tarib beramiz” deyishmagan, faqat talab qilishgan

    “Boshlang‘ich ta’limni oddiy maktabda olganman. Ya’ni to‘rtinchi sinfgacha umumta’lim maktabida o‘qiganman. Shu vaqtda sinfdoshlarim chuqurlashtirilgan maktabga o‘tish uchun hujjat topshirayotganlarini eshitdim. O‘sha payt menda ham o‘sha yerda o‘qish istagi paydo bo‘ldi. Dadam xorij safarida edi. Qo‘ng‘iroq qilib, o‘qisam bo‘ladimi, desam qo‘llab-quvvatladi. Imtihonlari bor edi. Uch bosqichda imtihon topshirib, beshinchi sinfga qabul qilindim. Maktab shahar markazida joylashgani, uyimizdan uzoq bo‘lgani sababli qatnab o‘qirdim. Kichkina qizman, albatta, qiynalardim. Uyda onam katta yordam berardi. U yerda yordam beradigan hech kim yo‘q. Shuning uchun ko‘p qiyin kunlarni ko‘rganman..

    Ustozlarim xuddi ota-onamdek bo‘lishgan. Ular senga baho qo‘yib yoki bahongni ko‘tarib beramiz deyishmagan. Bundan tashqari yordam beramiz deb ular meni chetga surishi mumkin edi. Lekin u yerda ustozlarim yordamida shakllanganman. Maktabda raqobat kuchli bo‘lgan, bilim berish sifati yaxshi edi. Hamisha qo‘llab-quvvatlaydigan sinfdoshlarim bor edi. Qanday qilib? Talab qilib. Shu meni haqiqiy inson, bugungi Zarina bo‘lib yetishishimga sababchi bo‘lgan”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo”

    Tibbiyot kolleji direktorining “Bu holatda do‘xtir bo‘lolmaydi” degani yuragimga qattiq botgan

    “Maktabni bitirgach, tumanimizdagi qishloq va suv xo‘jaligi kollejiga o‘qishga kirdim. Kollejda o‘qish davomida ham o‘zimni ko‘rsatishga, hamma qatori bo‘lishga harakat qildim. Aslida maktabni bitirgach, Andijondagi tibbiyot kollejiga topshirmoqchi edim. Bolaligimdan oq xalat kiyishni, shifokor bo‘lishni orzu qilardim. Kollejga onam bilan hujjat topshirgani borganmiz. O‘sha kuni 800 ga yaqin odam bor edi. Biroq kollej direktori hujjatimni qabul qilmagan. Do‘xtirlarning qahri qattiq bo‘ladi, degan gaplar rostmi, bilmadim. O‘sha direktor onamning yuziga qarab ‘Siz farzandingizni qanday qilib shu kollejga olib keldingiz, shifokor bo‘ladi deb. Bu holatda do‘xtir bo‘lolmaydi’, degan gapi yuragimga qattiq botgan. To‘g‘risi, shuncha odamning ichida shunday degani yomon alam qildi. Yigirmaga yaqin o‘rtoqlarim bilan borgan joyimdan qaytib kelganman. Hammalari hujjatini topshirdi, imtihonga tayyorgarlik ko‘rishgan. Men esa qaytib kelib, bir oygacha o‘zimga kelolmaganman. Shunda o‘zim o‘qigan maktab direktori ‘qo‘y o‘sha kollejda o‘qib nima qilasan? Undan ko‘ra universitetga kirgin. Talabalik guvohnomangni olgan kuning birga o‘sha direktorning oldiga borib, mana universitetda o‘qiyapman, bu yer kollej edi’, deya aytasan deb alohida e’tibor berib katta dalda bergan.

    Kollejni bitirgunimcha ham men baribir do‘xtir bo‘lib tibbiyot sohasida ishlayman, derdim. Shu sababli uch yil davomida kimyo, biologiya fanlari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rganman. Lekin onam ‘do‘xtirlikni qo‘y qizim, o‘zing yaxshi ko‘rgan boshqa sohani tanla, o‘sha yerda o‘qi’, dedi. Aslida ota-onamga qarshi borib, qattiq turib olsam bo‘lardi. Ammo yana shunaqa holat bo‘lsa-chi, kollej direktori gapirgan gapni yana kimdir gapirsa-chi, deb onamning qayta hijolat bo‘lishini istamadim. Shundan keyin yo‘nalishimni o‘zgartirishga qaror qildim”, — deydi Zarina Madrahimova.

    Foto: “Daryo”

    Universitetga kirishga bo‘lgan harakatim sog‘lom guruhdoshlarimdan kam emasdi

    “Talaba deganda hammaning ko‘z o‘ngida, ayniqsa abituriyentlar uchun baxtli inson gavdalanadi. Mening ham mana shu baxtga erishishim oson bo‘lmagan. Aslida talaba bo‘lish barcha uchun birdek mashaqqatli. 2018-yilda Andijon davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishiga hujjat topshirdim. Qarangki, o‘sha yili prezidentimizning imkoniyati cheklangan abituriyentlarga qo‘shimcha kvota ajratish bo‘yicha qarori imzolandi. Mandat chiqqan kuni mo‘jiza yuz berib, ‘Siz talabalikka grant asosida tavsiya etildingiz’, degan sms keldi. To‘g‘ri, grant asosida o‘qishga qabul qilingan boshqalar kabi men zo‘r bilim egasi emasdim. Lekin universitetga kirishga bo‘lgan harakatim ulardan kam emasdi. Shu narsaga o‘zimni loyiq deb bildim. Ular tayyorgarlik davomida ingliz tilini o‘rganib qiyinchilik ko‘rgan bo‘lsa, men hayot qiyinchiliklari sinovidan o‘tib bo‘lgandim, deb o‘yladim. Bu narsaga haqqim bor edi.

    O‘qish boshlandi. Universitetda ham bemalol o‘qishim uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Yotoqxonadan joy berishdi. O‘qish boshlanganiga bir oy bo‘lmasdan 1-oktabrda tadbir o‘tkazdik. Shunda harakatlarim va intilishlarimni ko‘rgan dekan o‘rinbosari Mamirjon aka Fozilov oldiga chaqirib, bir inson bilan tanishtirib qo‘yishini aytdi. Shunda mana shunday tadbirlarga qatnashib, yutuqlarga erishish uchun harakat qilgin dedi. ‘Xo‘p domla’, deb aytganini qildim. Va’daga muvofiq universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Umida Ahmedova bilan uchrashdim. Universitetda hech kimni tanimayman. Lekin Umida opa shunaqa kutib oldiki, avvaldan tanishdek, o‘z qizidek kutib oldi. Shu ayolning yordamlari bilan turli tadbirlarda, seminarlarda qatnashdim. Qanaqa tadbir bo‘ladigan bo‘lsa opa meni boshlovchi sifatida chaqiradi. Talaba sifatidagi barcha muvaffaqiyatlarimda shu ustozlarning xizmati beqiyos”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo”

    Guruhdoshlarimning bilimsizlar o‘rnini bo‘shatsin degani uchun o‘qishni faqat beshga bitirishga ahd qilganman

    “Avvaliga universitetda juda qiynaldim. Nega bu sohani tanladim?, deb ko‘p afsuslanardim, yig‘lardim ham. Chunki guruhimizdagi talabalarning hammasi grant asosida yuqori ball yig‘ib kirgan edi. Semestr vaqti tugab sessiya imtihonlari boshlandi. Kim besh bahoga yopsa uning stipendiyasi balandroq, to‘rtniki boshqa, uchniki pastroq edi. Boshida beshga o‘qishga ishtiyoqmand emasdim. Bo‘ldi, talaba bo‘ldim yetadi degan o‘y bo‘lardi. Sessiya paytda uchta fandan imtihon topshirdik. Uchalasini ham beshga yopdim. Beshga da’vogarlar soni sakkiz nafar edi. Qizlar aytdiki, to‘rttadan ortiq talaba beshga yopmas ekan degan gaplar tarqaldi. Bir-ikkita qizlar menga tegishtirib ‘haqiqiy munosib bilimlilar bor, ana bilimsizlar o‘rnini bo‘shatsin. Ular haqlimas’, dedi. Shu gap yomon tegib, jon-jonimdan o‘tib ketdi. Qizlarga bu nima deganingiz, dedim. Aslida haqiqatan ularning bilimi bor, loyiq edi. Ammo shu kungacha darslarda qoldirmay qatnashganim, qiziqib o‘rganganlarim hisob bo‘lmaydimi deb, yig‘lab yubordim. Biroq ko‘nglimdan imtihonlarni to‘laligicha besh bahoga yopishga ahd qilib chiqib ketdim. Shunchalik darajada ahdim qat’iy ediki, tunlari uxlamasdan dars qilib chiqdim va oxirigacha to‘rt tushirmaslikka harakat qildim. Sessiya natijalarini ko‘rganimizda guruh ichida faqatgina men beshga yopganman. O‘shanda universitetni qizil diplom bilan bitirib chiqib ketaman degan narsani ko‘nglimga tugib qo‘yganman. Xudoga shukur hali birorta to‘rt olganim yo‘q”, — deydi Zarina.

    Foto: “Daryo”

    Maqsadim Parij paralimpiyadasiga yo‘llanma olish

    “Bolalagimdan sportga qiziqishimni ko‘rib, dadam karate bilan shug‘ullanishga bermoqchi bo‘lgan. Lekin maktabdagi o‘qishlarim va boshqa sabablar bilan borolmaganman. Sakkizinchi sinfda o‘qiyotgan vaqtimda yengil atletika sport turi bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Uch yil davomida doimiy mashg‘ulotlarda qatnashganman. Bir nechta viloyat va respublika musobaqalarida qatnashib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallaganman. Shundan so‘ng o‘qishga tayyorgarlik jarayonlari bilan bo‘lib, sport bilan shug‘ullanmay qo‘yganman. Bir yil avval taekvondo bo‘yicha murabbiyim Muhiddin akani uchratib qoldim. U kishi qiziqishlarim haqida fikrlarimni so‘radi, mashg‘ulotlarga taklif qildi. Rozi bo‘ldim. Bir yildan buyon mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelaman. Kelgusida Parijda o‘tkaziladigan paralimpia o‘yinlarida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritish maqsadim bor va buning uchun astoydil harakat qilaman. Inson nimagadir ega bo‘lishi uchun emas, nimagadir erishish uchun yashaydi. Odamlar sharoit yaratib berilishini kutishi emas, uni o‘zlari yaratishi kerak. Mening fikrimcha, harakat qilgan insongina yaxshi sharoitda yashashga loyiq”, — deydi Zarina Madrahimova.

    26.09.2021, 15:19   Izoh (0)   68340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marg‘ilonda birga tadbirkorlik qilishni aytib, begona ayolning 200 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.09.2021, 13:06

    O‘zbekistonda 27-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    26.09.2021, 12:05

    Foto: DXXning 30 yilligi munosabati bilan bolalar uchun tashkil etilgan bayram

    26.09.2021, 11:35

    Samarqanddagi ikki qavatli savdo markazida yong‘in kelib chiqdi

    26.09.2021, 10:10

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: Mingbuloqning shifobaxsh qumliklari (foto va video)

    26.09.2021, 09:36

    Tomskda 11 nafar o‘zbekistonlik o‘limida ayblangan ayolga hukm o‘qildi

    26.09.2021, 08:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi, “Yuventus” “Al-Ayn” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 19 iyun, 08:52

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 08:39

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    Dunyo | 19 iyun, 08:31

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.