Daryo

Toshkentda narkolaboratoriya tashkil qilgan 18 yoshli yigit ushlandi

U 2 oy davomida, taxminan, 7 litr xomashyodan sintetik narkotik vositalari tayyorlagan

1 daqiqa o‘qish90 078 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda 18 yoshli yigit ijaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda “Toshkent” telekanalida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan kadr

Unda aytilishicha, 8-sentabr kuni Toshkent shahar IIBBga Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida sintetik narkotik vositalari tayyorlanayotgani haqida xabar kelib tushgan. “Qoradori-2021” tadbiri doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aytilgan manzilga borilganda haqiqatda ham ushbu xonadonda “Tezlik” nomli sintetik modda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani aniqlangan.

Yigit xonadonni 2 oy oldin 400 dollarga ijaraga olgan. Giyohvand modda uchun eritma Qozog‘istondan keltirilgan. U eritmalarni qaynatib, sovitgan, keyin ularni turli idishlarga solgan. Shundan so‘ng tayyor tovar garov sifatida Toshkentning turli joylariga yashirilgan. U yerdan noma’lum shaxslar uni olib ketgan. Shunday qilib yigit 2 oy davomida, taxminan, 7 litr xomashyodan sintetik narkotik vositalari tayyorlagan. Ushbu jarayonning barcha a’zolari faqat Telegram orqali muloqot qilgan.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, uning ota-onasi o‘ziga to‘q odamlar, u hech qachon biror narsaga muhtoj bo‘lmagan. Ammo o‘zi pul topishni, iloji bo‘lsa, bu tez va ko‘p bo‘lishini xohlagan. U qilgan ishidan pushaymonligini, agar bu ishni to‘xtata olganida allaqachon to‘xtatgan bo‘lishini bildirgan.

Xabarda aytilishicha, endi u qilgan ishi uchun qonun oldida javob beradi Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar