Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Borussiya D” 25-sentabr, shanba kuni “Borussiya M” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Myonxengladbaxda bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 37-daqiqada Denis Zakariya tomonidan kiritildi.

Qayd etish kerak, “Borussiya D” 40-daqiqadan boshlab bir kishi bo‘lib harakat qildi, Mahmud Daud o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkasini ishlab olgani tufayli maydonni tark etdi.

Mazkur durangdan keyin Dortmund klubi 12 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Myonxengladbaxliklar esa 7 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

Bundesliga

6-tur bahslari

25-sentabr, shanba

“Borussiya M” – “Borussiya D” 1:0

Gol: 1:0 – 37 Zakariya.

“Borussiya M” – Zommer, Skalli, Yanchke, Ginter, Elvedi, Nets (Volf, 70), Shtindl, Hofmann (Benesh, 83), Zakariya, Kone (Kramer, 73), Embolo.

“Borussiya D” – Kobel, Menye (Volf, 82), Hummels, Akanji, Pongrachich (Azar, 46), Gerreyru (Shuls, 82), Vitsel, Daud, Bellinghem, Malen (Reynyer, 82), Mukoko (Knauff, 57).

Ogohlantirishlar: Daud (10), Zakariya (13), Shtindl (33), Pongrachich (34), Nets (45), Kone (58), Bellinghem (85).

Chetlatish: Daud (40).

“Leypsig” – “Herta” 6:0

Gollar: 1:0 – 15 Nkunku, 2:0 – 23 Poulsen, 3:0 – 45 Mukiyele, 4:0 – 60, penalti Forsberg, 5:0 – 70 Nkunku, 6:0 – 77 Aydara.

“Ayntraxt F” – “Kyoln” 1:1

Gollar: 0:1 – 14 Sxiri, 1:1 – 45 Borre.

“Bayer” – “Mayns” 1:0

Gol: 1:0 – 62 Virts.

“Union Berlin” – “Arminiya” 1:0

Gol: 1:0 – 88 Berens.

“Hoffenhaym – ”Volfsburg” 3:1

Gollar: 0:1 – 25 Baku, 1:1 – 45 Kramarich, 2:1 – 73 Baumgartner, 3:1 – 81 Kaderjabek.

24-sentabr, juma

“Groyter” – “Bavariya” 1:3

Gollar: 0:1 – 10 Myuller, 0:2 – 31 Kimmix, 0:3 – 68, avtogol Grisbek, 1:3 – 87 Itten.