Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 26-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Arsenal” o‘z uyida “Tottenhem” ni qabul qildi. Uchrashuvning 12-daqiqada Emil Smit-Rou maydon egalarining dastlabki golini urdi. 27-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. 34-daqiqada Bukayo Saka hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim oxiriga borib Son Hyon Min hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Arsenal” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Tottenhem” (9) esa 11-pog‘onaga pastladi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

APL

6-tur bahslari

26-sentabr, yakshanba

“Arsenal” — “Tottenhem” 3:1

Gollar: 1:0 – 12 Smit-Rou, 2:0 – 27 Obameyang, 3:0 – 34 Saka, 3:1 – 79 Son Hyon Min.

“Arsenal”: Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Jaka (Lokonga, 82), Parti, Edegor, Smit-Rou (Nunu Tavaresh, 88), Saka (Meytlend-Naylz, 87), Obameyang.

“Tottenhem”: Lyoris, Tanganga (Emerson, 46), Dayer, Sanches, Regilon, Hyoybyerg, Alli (Skipp, 46), Ndombele (Xil, 70), Son Hyon Min, Lukas Moura, Keyn.

Ogohlantirishlar: Skipp (67), Edegor (89), Lokonga (90+1).

“Sauthempton” — “Vulverhempton” 0:1

Gol: 0:1 – 61 Ximenes.