Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 26-sentabr, yakshanba kuni o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

“Roma” Rim derbisida “Latsio”ga qarshi bahs yuritdi. O‘yinning 10-daqiqasida Sergey Milinkovich-Savich “Latsio”ni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Pedro sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim yakunida “bo‘rilar” Rojer Ibanesning goli bilan javob qaytardi.

63-daqiqada Felipe Anderson “Latsio”ning uchinchi golini urgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Jordan Veretu hisobdagi farqni yana minimal ko‘rinishga olib keldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Eldor Shomurodov uchrashuvning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

“Latsio” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 11 taga yetkazib oldi va 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Roma” (12) 4-pog‘onada qoldi.

“Yuventus” o‘z uyida “Sampdoriya”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda turinliklar Paulo Dibala va Leonardo Bonuchchining gollari evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga genuyaliklar tanaffusga qadar Maya Yoshidaning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

57-daqiqada Manuel Lokatelli turinliklarning uchinchi golini urdi. Mehmonlar o‘yin yakunlanishi arafasida hisobni qisqartirdi. “Yuventus” ushbu g‘alabadan keyin 8 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

A Seriya

6-tur bahslari

26-sentabr, yakshanba

“Latsio” — “Roma” 3:2

Gollar: 1:0 – 10 Milinkovich-Savich, 2:0 – 19 Pedro, 2:1 – 41 Rojer, 3:1 – 63 Felipe Anderson, 3:2 – 69, penalti Veretu.

“Latsio”: Reyna, Marushich, Acherbi, Luis Felipe, Hyusay, Leyva (Kataldi, 61), Luis Alberto (Akpa-Akpro, 66), Milinkovich-Savich, Pedro, Immobile (Muriki, 90), Felipe Anderson.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Zalevski, 82), Manchini, Rojer, Vinya (Smolling, 82), Mxitaryan, Veretu, Kristante, Zaniolo (Karles Peres, 77), ash-Shaaravi (Shomurodov, 64), Abraham.

Ogohlantirishlar: Ruy Patrisiu (11), Leyva (24), Kristante (45), Vinya (48), Veretu (87), Kataldi (87).

“Yuventus” — “Sampdoriya” 3:2

Gollar: 1:0 – 10 Dibala, 2:0 – 43, penalti Bonuchchi, 2:1 – 44 Yoshida, 3:1 – 57 Lokatelli, 3:2 – 83 Kandreva.

“Yuventus”: Perin, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Lokatelli, Bentankur (Makkenni, 82), Kuadrado, Keza (Kyellini, 70), Morata (Kin, 82), Dibala (Kulusevski, 22), Bernardeski (Remzi, 70).

“Sampdoriya”: Audero, Depaoli (Damsgor, 59), Bereshinski, Yoshida, Kolli, Murru (Aujello, 59), Kandreva, Ekdal (Adriyen Silva, 59), Torsbyu (Askildsen, 87), Kualyarella, Kaputo (Torregrossa, 70).

Ogohlantirishlar: Torsbyu (28), Murru (41), Ekdal (45), Bentankur (53), Kuadrado (66), Bonuchchi (84), Kin (86).

“Udineze” — “Fiorentina” 0:1

Gol: 0:1 – 16, penalti Vlaxovich.

“Empoli” — “Bolonya” 4:2

Gollar: 1:0 – 1, avtogol Bonifatsi, 1:1 – 11 Barrou, 2:1 – 31 Pinamonti, 3:1 – 54, penalti Bayrami, 3:2 – 76 Arnautovich, 4:2 – 90 Richchi.

“Sassuolo” — “Salernitana” 1:0

Gol: 1:0 – 54 Berardi.