Navoiy viloyatining Nurota tumanida Nexia-2 haydovchisi e’tiborsizligi sabab boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyatiga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobil Forish—Nurota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotib, haydovchi tezlikni hisobga olmagani natijasida yo‘lning xavfli burilish qismida ag‘darilib ketgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchining mashina ichida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1946-yildan tug‘ilgan onasi voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nurota tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent—O‘sh yo‘lida ikki Isuzu yuk mashinasi to‘qnashib, ulardan biri ag‘darilib ketgani, Surxondaryoda Nexia va Matiz to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etgani, Qashqadaryoda Lacetti bilan to‘qnashgan Cobalt ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.