Daryo

Qashqadaryoda Lacetti bilan to‘qnashgan Cobalt ag‘darilib ketdi (video)

Cobalt yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish81 416 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Lacetti bilan to‘qnashgan Cobalt ag‘darilib ketdi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 30-avgust kuni soat 14:00 larda Nishon tumani, “Paxtakor” MFY hududidan o‘tgan 4R-89 avtomobil yo‘lining 18-kilometrida haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi Cobalt rusumli hamda haydovchi, 1959-yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Oqibatda Cobalt ag‘darilib ketgan. Avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda YPX xodimlaridan qochishga uringan Spark haydovchisi ushlangani, Samarqandda “migalka” o‘rnatib harakatlangan Lacetti jarima maydonchasiga joylashtirilgani hamda Jizzaxda o‘tgan yetti oy ichida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 74 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar