Daryo

Jizzaxda “GAZ-53” yuk mashinasi ag‘darilib, haydovchi voqea joyida vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish42 024 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzaxda viloyati Forish tumanida  “GAZ-53”  yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida uning haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 16-avgust kuni soat 20:00 atrofida tumanning “Uchma” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki yo‘lda yuz bergan. Haydovchi “GAZ-53” boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi ag‘darilgan, oqibatda 34 yoshli haydovchi olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar