O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 1 156 ta mehmonxona mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mavjud mehmonxonalarning eng ko‘pi — 243 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Hududlar kesimida mehmonxonalar soni quyidagicha:

  • Buxoro viloyati — 193 ta;
  • Samarqand viloyati —149 ta;
  • Toshkent viloyati — 109 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 98 ta;
  • Xorazm viloyati — 82 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 45 ta;
  • Jizzax viloyati — 43 ta;
  • Namangan viloyati — 36 ta;
  • Navoiy viloyati — 34 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 29 ta;
  • Andijon viloyati — 21 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 14 ta.

Ma’lumot uchun, 25-avgust kuni imzolangan “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrga qadar turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatilgan.