Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 19-sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Roma” safarda “Verona”ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Lorenso Pellegrini tovonlari bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ygan holda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalari ikki bor rimliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

58-daqiqada Ivan Ilich o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi va hisob tenglashdi. 63-daqiqada Davide Faraoni chiroyli zarba bilan “Verona”ning uchinchi to‘pini kiritdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Roma” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada zaxiraga olindi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

A Seriya

4-tur bahslari

19-sentabr, yakshanba

“Verona” — “Roma” 3:2

Gollar: 0:1 – 36 Pellegrini, 1:1 – 49 Barak, 2:1 – 54 Kaprari, 2:2 – 58, avtogol Ilich, 3:2 – 63 Faraoni.

“Verona”: Montipo, Faraoni, Chekkerini (Manyani, 46), Gyunter, Davidovich, Lazovich (Kazale, 83), Bessa (Tamez, 65), Barak, Ilich, Kaprari (Ongla, 78), Simeone (Kalinich, 64).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Smolling, 78), Manchini, Rojer, Kalafyori (Mayoral, 78), Veretu (Karles Peres, 66), Kristante, Pellegrini, Zaniolo (ash-Shaaravi, 65), Shomurodov (Mxitaryan, 65), Abraham.

Ogohlantirishlar: Veretu (17), Faraoni (30), Barak (51), Kristante (71), Ongla (83), Kazale (86).

“Latsio” — “Kalyari” 2:2

Gollar: 1:0 – 45 Immobile, 1:1 – 46 Joao Pedro, 1:2 – 62 Keyta Balde, 2:2 – 83 Kataldi.