Hafta davomida olingan sara suratlar jamlanmasini namoyish qilamiz.

Kalkutta hayvonot bog‘idagi karkidon qush.

Foto: EPA

Manchesterda o‘tkazilgan “Manchester Siti” va “RB Leypsig” o‘rtasidagi futbol o‘yinidan lavha.

Foto: EPA

Germaniyaning Kyoln shahrida yosh politsiyachilarning qasamyod marosimi.

Foto: Getty Images

Moskvada “Ochiq suv” deb nomlangan suv sporti festivali o‘tkazildi.

Foto: AP Photo

Nyu-Yorkdagi avval Jahon savdo markazining egizak osmono‘par binolari joylashgan joyda 2001-yil 11-sentabr voqealarining 20 yilligiga bag‘ishlab yoqilgan projektor nurlari.

Foto: AP Photo

Madridda Mercedes-Benz moda haftaligi o‘tkazildi.

Foto: EPA

Mercedes’ning britaniyalik haydovchisi Lyuis Xemilton (chapda) va Red Bull’ning gollandiyalik haydovchisi Maks Verstappen Monza shahridagi Autodromo Nazionale trassasida Italian Formula-1 Gran-prisi paytida to‘qnashdi.

Foto: AFP

Budapeshtda o‘n minglab katoliklar, jumladan, Rim Papasi ishtirok etgan marshda qatnashayotgan qiz.

Foto: AP Photo

Syorfer itlar Kaliforniyaning Del Mar shahridagi plyajda XVI Surf Dog Surf-A-Thon musobaqasida qatnashyapti.

Foto: Getty Images

Floridadagi Kanaveral aerodromidan uchirilgan SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kemasi.

Foto: “TASS”

Janubiy Afrikaning Soueto shahrida tuproqli maydonda futbol o‘ynayotgan mahalliy aholi.

Foto: Reuters

Afg‘oniston qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning Kobuldagi ba’zi bo‘laklari olib tashlangan surati.

Foto: AFP

Tong Karakas shahrida “Sputnik V” vaksinasining ikkinchi dozasini olish uchun emlash punkti yonida kutayotgan odamlar.

Foto: AP Photo

Nyu-Yorkda quyosh chiqishi.

Foto: Getty Images

Konakri shahrida Gvineyaning sobiq prezidenti Alfa Konde aks etgan peshtaxta yonidan o‘tib ketayotgan ikki bola. Peshtaxtadagi surat fuqarolar tomonidan yirtib tashlangan.

Foto: AFP

Parijdagi “G‘alaba arkasi”ni kumush va ko‘k rangli matoga o‘rash ishlari yakunlanyapti.

Foto: Getty Images

Kobuldagi Shahid Rabboniy nomidagi Ta'lim universitetida “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlash mitingi oldidan gapirayotgan ayolni tinglayotgan talabalar.

Foto: AFP

Avstraliya sohillarida syorfing bilan shug‘ullanayotgan braziliyalik Italo Ferreyra.

Foto: Getty Images

Indoneziyada Ekoton tashkiloti a’zosi daryo va okeanlardagi plastik chiqindilar haqida jamoatchilikni xabardor qilish uchun Gresik daryosidan to‘plangan 4444 ta idishdan foydalanib, inshoot qurmoqda.

Foto: AFP

Malayziyaning Langkavi shahridagi “Qora qum” plyajida yotgan mushuk. Mamlakatdagi plyajlar mahalliy sayyohlar uchun ochilishga tayyorlanmoqda.

Foto: Reuters

“Vashington” futbol klubi a’zosi Antonio Gibson “Los-Anjels Cherjers”ning kki himoyachisidan o‘tib ketmoqda.

Foto: Getty Images

Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayonning Londonga tashrifi chog‘ida uni kutib turgan “Grenader” gvardiyasi.

Foto: Reuters

Fransiyaning Sent-Tropes portida o‘tkazilayotgan yelkanli kemalar Gran-prisining ishtirokchisi.

Foto: Getty Images

Filippinning Kindon shahrida hamshira Sindi Maye Akino tez yordam mashinasidagi koronavirusga chalingan odamni tinchlantirmoqda.

Foto: Getty Images

Namrud tog‘i – Turkiyaning janubi-sharqida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, Sharqiy Toros tog‘ tizmalari cho‘qqilaridan birida joylashgan sirli joy.

Foto: Getty Images

Grenlandiyaning Ilulissat shahri yaqinidagi aysberglar.

Foto: Reuters